Shofirkonda partiya faollari xususiy MTTlar faoliyatini o‘rganmoqdalar

17.04.2024, 15:41

Shofirkonda partiya faollari xususiy MTTlar faoliyatini o‘rganmoqdalar

O’zLiDeP Shofirkon tuman Kengashi apparati rahbari, mahalliy Kengash deputati Akbar Elmurodov tuman markazidagi “Mohitobon g‘unchalari” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur NMTT 2023 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda bu yerda 17 nafar ishchi-xodimlar faoliyat olib bormoqdalar.
- Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotimizdagi 4 ta guruhda bugungi kunda 120 nafar bolajonlar malakali tarbiyachilar tomonidan tarbiyalanmoqda. Bog‘chada gimnastika, ingliz va rus tillari, mental arifmetika bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari chuqurlashtirilgan holda olib borilmoqda, – deydi NMTT mudirasi Dilfuza Xo‘jayeva.
Deputat A.Elmurodov bilan o‘tkazilgan uchrashuvda yurtimizda xususiy MTTlarning o‘rni, kichik yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etiladigan bolalar muassasalaridagi ayrim muammolar hususida ham so‘z bordi.
Tadbir davomida A.Elmurodov O’zLiDePning saylovoldi platformasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar hech shubhasiz, maktabgacha ta’lim sohasiga ham taalluqli bo‘lib, ushbu yo‘nalishdagi ishlar Shofirkon tumanida ham yo‘lga qo‘yilganligi mazkur NMTT faoliyatida ham yaqqol ko‘zga tashlanayotganligini ta’kidladi.
Shu kuni partiya mas’uli bog‘chaning tayyorlov guruhida tarbiyalanayotgan 33 nafar o‘g‘il-qizlarga bolalar adabiyotiga oid qiziqarli kitoblar taqdim etdi.
Tadbir so‘ngida NMTTning 7 nafar xodimlari partiya safiga qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    24
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+