Buvaydalik saylovchilar qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirildi

17.04.2024, 22:13

Buvaydalik saylovchilar qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirildi

Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi aʼzolari o‘z saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilyapti.

Uchrashuvlar davomida aholi vakillariga qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida batafsil tushunchalar berib borilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Shuxrat Sharafutdinov hamda Mavluda Ibragimovalar Buvayda tumanida aholi vakillari bilan muloqotda bo‘ldi.

Uchrashuvda qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar, jumladan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasidagi 5 ta ustuvor yo‘nalish va 100 ta maqsadning mazmun-mohiyati, ayniqsa, unda taʼlim, sog‘liqni saqlash tizimini yana-da takomillashtirish, ayollar bandligini taʼminlashga oid ustuvor vazifalar yuzasidan tegishli maʼlumotlar yig‘ilganlarga taqdim etildi.

Bundan tashqari, “mahalla yettiligi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgani joylarda aholi muammolarini samarali hal etish imkonini berayotgani, aholi bilan ishlashning bunday tartibi davlat organlari va aholi o‘rtasida o‘zaro yaqinlikni hamda ishonchli hamkorlikni yangi pog‘onaga olib chiqayotgani alohida qayd etildi.

Shuningdek, muloqot davomida xonadonlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda agronom xizmatlari ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, banklar tomonidan ajratilayotgan kreditlar uchun mahalla kafilligini joriy qilishni huquqiy jihatdan taʼminlash bo‘yicha bir qator takliflar bildirildi.

 Tuman sog‘liqni saqlash boshqarmasida bo‘lib o‘tgan muloqotda “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining sog‘liqni saqlash yo‘nalishida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan ham maʼlumotlar berib o‘tildi.

Tadbir davomida saylovchilarning fikr-mulohazalari, takliflari eshitildi. Bildirilgan takliflar batafsil ko‘rib chiqilib, hududdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli soha masʼullariga zarur tavsiya va maslahatlar berildi.

  • Ko'rildi
    21
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+