Deputat yakkabog‘lik saylovchilar bilan uchrashdi

19.04.2024, 14:12

Deputat yakkabog‘lik saylovchilar bilan uchrashdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi aʼzosi Shaxnoza Xolmaxamatova Yakkabog‘ tumanida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdi.

Tuman Kengashi deputati Nargiza Salomova hamrohligida kasbga yo‘naltirishga ixtisoslashtirilgan nodavlat taʼlim muassasasida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Mazkur maskanda xotin-qizlar uchun yaratilgan imtiyoz va sharoitlar ko‘zdan kechirildi.  

Deputat Yakkabog‘ dehqon bozoridagi sharoitlar hamda narx navo bilan ham tanishdi. Aholining bu boradagi mulohazalarini tingladi.

Takliflar bor, bozorda esa savdo avjida, mevalarimiz rastalarni to‘ldirib turibdi. Biroq bozor tashqarisidagi tartibsiz savdo rastalari, ozodalik borasida masʼullar masʼuliyat bilan yondashib, aholi uchun yana-da qulayroq muhit yaratishi lozim.

Shuningdek Ayg‘irkul mahallasida  deputatlar ishtirokida ko‘chatlar ekildi.

  • Ko'rildi
    21
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+