Deputat talabalarning muammo va takliflarini o‘rgandi

19.04.2024, 14:50

Deputat talabalarning muammo va takliflarini o‘rgandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Navro‘z Rizayev va partiya faollari Samarqand davlat chet tillar instituti Narpay xorijiy tillar fakultetida professor o‘qituvchilari hamda talaba yoshlar bilan uchrashdi.

Tadbirda qayd etilganidek, mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganligi, ayniqsa malakali oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni jadal rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar natijasida bugungi kunda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahri, Payariq, Oqdaryo va Urgut tumanlarida 10 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari hamda ularning filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Hozirda Samarqand davlat chet tillar instituti Narpay xorijiy tillar fakultetida Xorijiy til, adabiyoti, ingliz tili hamda maktabgacha ta’lim va boshlang‘ich ta’limda ingliz tili yo‘nalishlarida 210 nafar talaba tahsil oladi. Yangi o‘quv yilidan yana 2 ta yo‘nalish ochilishi rejalashtirilgan.

Tadbirda so‘z olganlar yurtimizda xususiy ta’lim muassasalariga qamrab olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi va institut faollarining, yoshlarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Institut dekani Xusniddin Mamaniyozov talaba yoshlarni yotoqxona bilan ta’minlash taklifini bildirib o‘tdi. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olinib, ijobiy yechim topishligini bildirdi.

  • Ko'rildi
    26
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+