Hosildan  bo‘shagan  maydonlar aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda eng muhim zaxira vazifasini o‘taydi

04.07.2024, 10:30

Hosildan  bo‘shagan  maydonlar aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda eng muhim zaxira vazifasini o‘taydi

Iqlim o‘zgarishlari, cho‘llanish va suv tanqisligi kabi global masalalar tufayli jahon bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlarining narxi tobora oshib borayotgani aholi ehtiyojini qondirishda o‘ziga xos muammolarga sabab bo‘layotir. Ularni bartaraf etishning yagona yo‘li mavjud yerlardan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligini ilg‘or texnologiyalar asosida rivojlantirish, mehnat unumdorligini oshirishdir.

Yil sayin suv tanqisligi dehqonlarni qiynab kelayotir. Hattoki ayrim tumanlarda oqova suv yo‘qligi bois tejamkor texnologiyalarni qo‘llash talab etilayotir. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakat sug‘orish tizimini zamon talablari darajasida tiklash va suv hisobini yuritish tadbirlariga qo‘shimcha 3 trillion so‘m yo‘naltirilgan bo‘lib, ming kilometrdan ziyod kanal ta’mirlanib, 815 kilometri betonlashtirildi, 17 kilometr lotok yangilandi.  Natijada har yili 706 million metr­kub suvni iqtisod qilish imkoni paydo bo‘ldi.

O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hududiy bo‘limlari va O‘zLiDePdan saylangan deputatlar tomonidan 2024 yilda g‘alladan va ertaki ekinlardan bo‘shaydigan maydonlarga takroriy ekinlar joylashtirilishi hamda aholiga ajratilishi nazoratga olingan. Barcha viloyatlarda tomorqa xizmati korxonalari orqali urug‘lik va texnika ta’minotidan  ko‘mak berilmoqda.

 

Zokir Allamuradov

O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bo‘lim boshlig‘i

O’zLiDeP faoli

  • Ko'rildi
    20
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+