Partiya hududiy kengashlar faoliyati sarhisob qilinmoqda

04.07.2024, 10:55

Partiya hududiy kengashlar faoliyati sarhisob qilinmoqda

O’zLiDeP Chortoq tuman Kengashining 2024 yil birinchi yarim yillik amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan  yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ayni paytda O’zLiDeP Chortoq tuman Kengashi tarkibida 7684 faollarni o‘z saflariga birlashtirgan 81 partiya tashkiloti faoliyat olib bormoqda. O’tgan yili ular safi 460 nafarga oshdi.

Sarhisob onlarida, shuningdek, partiya Saylovoldi platformasida, ilgari surilgan maqsad va vazifalarni hayotga keng joriy qilish, elektorat vakillari bo‘lgan – tadbirkorlar va fermerlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish, joylarda aholi orasida  kichik, o‘rta va oilaviy biznesni yanada rivojlantirishga ko‘maklashish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi 7 nafar a’zoga ega. Yig‘ilishda deputatlar tomonidan aholini tashvishga solayotgan muammo va kamchiliklarga partiyaviy vositalar bilan yechim topish, mutasaddilarning hisobotini eshitish, deputatlik so‘rovi chiqarish borasidagi ishlarni yanada jonlantirish borasidagi taklif va mulohazalar umumlashtirildi.

Partiyaviy faoliyatdagi kamchiliklar ham tanqidiy ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi deputatlari hamda  partiya faollari tomonidan “O’zbekiston- 2030” strategiyasida ilgari surilgan maqsad va vazifalar ijrosini ta’minlash, partiya Saylovoldi dasturidagi g‘oyalarni keng jamoatchilikka yetkazish hamda hayotga yanada izchillik bilan joriy etish borasidagi ishlarni yanada jonlantirish borasidagi chora-tadbirlar belgilab olindi.

  • Ko'rildi
    21
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+