Eskicha ish uslubidan qochib, amaliy ishlarga o‘tish vaqti keldi, deyishmoqda BPT a’zolari

05.05.2018, 13:09

Eskicha ish uslubidan qochib, amaliy ishlarga o‘tish vaqti keldi,  deyishmoqda BPT a’zolari

Boshlang‘ich partiya tashkiloti siyosiy kuchning xalq bilan bog‘laydigan, g‘oyaviy maqsadlarini targ‘ib qilishda asosiy rol o‘ynaydigan  muhim quyi bo‘g‘in hisoblanadi. Chunki sodir bo‘layotgan siyosiy vaziyatga xolisona baho beradigan, xalqni qiynab kelayotgan, taraqqiyotga to‘g‘anoq bo‘layotgan barcha muammolarni bartaraf etishga astoydil kirishadigan ham aynan shu partiya quyi tuzilmalaridir.

Shuqtai nazardan yetakchi qanchalik izlanuvchan bo‘lsa, quyi bo‘g‘in tomonidan amalga oshirilayotgan g‘oyaviy-siyosiy, tashkiliy-partiyaviy ishlar shunchalik samara beradi. Doimo elning dardu tashvishlari bilan yashab, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etishda tashkilotchilik qilayotgan faollarimizning fidokorliklari bois partiyamiz nufuzi yildan-yilga ortib borayotir.   

Bugun viloyatimizda 1018 ta boshlang‘ich tashkilot bo‘lib, ular atrofida 25 ming 959 nafar partiya a’zolari birlashgan. Hozirga qadar 850 ta boshlang‘ich partiya tashkilotida hisobot-saylov yig‘ilishlari o‘tkazildi. Hisobot davrida quyi bo‘g‘inlar soni 22 taga ko‘paydi. Oshkoralik, o‘z-o‘zini tanqid va tahlil qilish asosida o‘tkazilayotgan yig‘ilishlarda erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar oshkora aytildi. Partiya ishiga sadoqati, tashabbuskorligi, izlanuvchanligi bilan barchaga o‘rnak bo‘layotgan partiya faollari yetakchilikka saylandi. Chunki siyosiy yetuklik va faollik partiyaviy faoliyatning asosini tashkil etadi.

Mehrinoz  Meyliyeva  Dehqonobod Kaliyli o‘g‘itlar zavodi boshlang‘ich partiya tashkiloti yetakchiligiga qayta saylandi. Bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda partiya a’zolari yetakchining bilimdonligi, muntazam ravishda korxona ishchi-xizmatchilari va tuman aholi o‘rtasida olib borilayotgan g‘oyaviy-siyosiy ishlarning tashkilotchisi, jamoa manfaatini doimo o‘z manfaatidan ustun qo‘yayotganligini alohida ta’kidladilar.  Xususan, o‘tgan davrda BPT raisining tashabbusi bilan korxona ishchi-xizmatchilari o‘rtasida o‘ndan ortiq siyosiy-o‘quvlar tashkil etildi. Mazkur tadbirlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati keng tushuntirilmoqda. Tuman aholisi ko‘pchilik hollarda BPTga turli masalalarda murojaat etishadi. Yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirishda hunarmandchilik maktablarini tashkil etish, lalmikor maydonlarda no‘xat, mosh va yo‘ng‘ichqa urug‘i yetishtirish, kovrak bilan shug‘ullanadigan oilaviy tadbirkorlarga ko‘maklashish, xotin-qizlar o‘rtasida gilamchilik, zardo‘zlik, kashtachilikni yanada rivojlantirish  maqsadida “Kasb-hunar o‘rgatish markazlari” ishini yanada rivojlantirish borasidagi amaliy takliflari o‘z samarasini bermoqda. Yuzdan ortiq partiya a’zolarining har biri partiyaviy topshiriqlar bilan qamrab olingan. Mazkur qo‘yi bo‘g‘inda tumandagi boshlang‘ich tashkilotlaring amaliy seminarini o‘tkazishni rejalashtiryapmiz.

Qarshi shahridagi “Sanam” MChJ boshlang‘ich partiya yetakchisi Halima Yoqubova ham partiyamiz ishining jonkuyarlaridan sanaladi. 160 nafar a’zolarni o‘zida mujassam etgan mazkur quyi bo‘g‘in faoliyati ham bugungi kun talablari javob beradi. Xayrli ishlar, bandlik va farovonlikni yanada yaxshilash borasidagi amaliy takliflar bor. Bu yerda ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish, shahardagi xotin-qizlarni kasanachilik orqali ish bilan ta’minlash, sport to‘garaklariga jalb etish borasida bir qator ishlar qilindi.

Mirishkor tuman Paxta tozalash OHJ BPT yetakchisi Jamshid Boymurodov ham partiya ishini kun sayin jonlantirishga astoydil harakat qilib kelayotgan faollardan. Mazkur quyin a’zolarining ko‘magi bilan  tuman dalalariga qizil qalampir va aysberg karami yetishtirish ishlari rivojlantirilmoqda. 28 millat va elatlar istiqomat qilayotgan mazkur tumanda milliy madaniy markazlar ishini rivojlantirish, folklor-etnografik ansambllar faoliyatini bugungi kun talablari darajasida tashkil etilishga erishish, millatlararo do‘stlik va totuvlik ta’minlash borasidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ham BPT a’zolari faol qatnashishayapti. Aholini qiynab kelayotgan o‘ndan ortiq dolzarb muammolar tuman kengashiga taqdim etilgan va  ularning aksariyati ijobiy hal etilgan.

Ammo quyi bo‘g‘in ishiga e’tiborsizlik bilan qarab, yig‘ilisharni o‘z vaqtida o‘tkazmagan, partiyaviy faoliyatdan yiroq yetakchilarimiz ham yo‘q emas. Ularning 78 nafaridan voz kechdik. Biz son ketidan quvish bilan hech narsaga erisha olmaymiz. Faqat amaliy ishlargina partiyamiz nufuzini yanada sarbaland etadi. Yetakchilarning siyosiy bilimlari va amaliy ish tajribasini yanada oshirish tinimsiz izlanishimiz kerak. 

Amaliy ishlar vaqti kelganligini partiya a’zolarimiz, yetakchilar tushunib yetishlari, o‘z faoliyatlarida keskin burilish yasashlari  kerak. Chunki bu davr talabi. Shu nuqtai nazardan “Obod qishloq” dasturi va “O‘zLiDeP – tomorqasida tadbirkorligini boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihalari doirasidagi ishlarda partiyamiz yetakchilari tashabbus ko‘rsatyapti. Zotan, bugun biz xalqning orzu-umidlari, tashvishlari bilan jiddiy shug‘ullanib, ularni o‘z g‘oyalarimizga ishontira olsak, odamlar ortimizdan ergashadi, bizga ishonadi.       

Alibek RAHMATOV,

 O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

 BPT bilan ishlash guruhi rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1347
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Набижон Артиков Каттақўрғон шахар Кенгаши аппарат рахбари2018-05-26 00:26:35

Бошланғич партия ташкилоти ғоявий мақсадларини тарғиб қилишда асосий рол ўйнайдиган муҳим қуйи бўғин ҳисобланади ва бу борада қиладиган ишларимиз хали жуда кўп. Муаммоларни бартараф этишда фаол ташкилотчилари бўлган БПТ етакчиларини сиёсий билимларини янада оширишда тинимсиз изланишимиз керак деб ҳисоблаймиз.


Бобоев Акмал Гузари-Шодмир БПТ раҳбари 2018-05-16 09:25:26

Албатта енди мудроқликдан уйғониб аниқ амалий ишлар билан шуғулланиш даври келди. Замон билан ҳамнафас булиб яшаш бизни янги марралар сари етаклайди. Барча партиядошларимга туман, шаҳар, вилоят сийсиё Кенгаш ходимларига янги зафарлар тилаб қоламан.


Т.Сафаров Боғчакалон БПТ раиси ,туман Кенгаши депатати2018-05-08 12:21:07

БПТ раисларини вақти вақти билан рагбатлантириш тушумларнинг қанчадир микдорини БПТларда колдирилса БПТларнинг иши жонланиб партиянинг обруси кутарилар эди


Қашқадарё вилояти Кенгаши аппарат раҳбари - А.Шеров2018-05-07 19:13:26

Фаолиятимизни янада юксалтириш, партиямизни нуфузини янада ошириш асосий мақсадимизга айланган


Тўйчибоева Феруза Андижон вилояти Кенгаши референти2018-05-07 16:38:45

Бошланғич партия ташкилоти раисларини янада кўпроқ партия билан хамкорликда ишлаши учун ва аъзолар сонини кўпайтиришида алохида ўқувлар ташкиллаштириш ва лойихалар ишлаб чиқиш керек шунда БПТ раислари кўпроқ партиямиз билан аълоқада бўлишга харакат қилади


Зебинисо Қурбонова 2018-05-07 15:46:03

Ҳисобот-сайловларида БПТ етакчиларини партияга жанкуяр, мехнаткаш ва албатта билимдон шахслардан сайлашимиз лозим. БПТ лар Кенгаш ишларини амалга оширадиган, электоратимиз манфаатларини куллаб кувватлайдиган уларга амалий ердамлар курсатишда ёрдамчи куч саналади.


Шухрат Рахмонов Узун туман Кенгаши аппарат рахбари2018-05-07 15:12:32

Бошланғич партия ташкилотларнинг раислари ҳуқуқий-сиёсий саводхонлиги оширсак, партиямиз ривожланади ва нуфузи ошади.


Олтибоев Ўрол,Сурхондарё. партиянинг Мафкуравий,ташвиқот-тарғибот ишлари бўйича бўлим мудири2018-05-07 15:07:12

Ташаббус сўнмасин


Ўлмас Мурадуллаев Кат. шахар Кенгаши Кундалик Савдо МЧЖ БПТ раиси2018-05-07 14:41:50

Бошланғич партия ташкилоти сиёсий кучнинг халқ билан боғлайдиган, ғоявий мақсадларини тарғиб қилишда асосий рол ўйнайдиган муҳим қуйи бўғин ҳисобланади. Тараққиётга тўғаноқ бўлаётган барча муаммоларни бартараф этишга астойдил киришадиган ҳам айнан бошланғич партия қуйи тузилмаларидир.


Қахрамон Назаров Денов туман Кенгаши ижрочи котиби2018-05-07 12:49:53

Бошланғич партия ташкилотларида хар йили хисобот сайловлар ўтказилади. Бу хисобот сайловлар БПТраисларини янада кўпроқ ишлашга ундайди.


Fikringizni qoldiring

+