Muammolar ko‘p, ularni bartaraf etish kerak

07.09.2017, 18:23

Muammolar ko‘p, ularni bartaraf etish kerak

Hammamizga yaxshi ayonki, mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning ertangi kuni bilan bog‘liq Harakatlar strategiyasida kelgusi 5 yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlar belgilab berildi.  Mazkur xujjatda  eng ulug‘  va eng oliy g‘oyalar  ifodalanganki, ulardan biri yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi, eng avvalo, ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlashdir.

Shu ma’noda, bugun O‘zLiDeP hududiy tashkilotlari tomonidan Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, kollej bitiruvchilarini o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashtirish borasida tizimli ishlar olib borilayotir.

Nurota tumanida “Xarakatlar strategiyasi barqaror taraqqiyotga erishishning muhim asosi” mavzuida tashkil etilgan amaliy muloqot oylab,  yillab o‘z yechimini topolmay yotgan muammolarga qisqa fursatda yechim topish imkonini berdi.

Tumandagi “Eshon Sudur”, “Mustaqillik”, “Alisher Navoiy”, “Bo‘diq”, “Said Ato”, “Shaxriston” hamda  “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan xotin-qizlar ishtirok etgan tadbirda uy-joy, yer, bandlik, kredit va boshqa maslalar bo‘yicha 40 ga yaqin murojaatlar o‘rtaga tashlandi, taklif va tavsiyalar bildirildi. 

Masalan, Alisher Navoiy mahalla maslahatchisi Farida Raxmonova tumanda ayollar bandligini ta’minlash dolzarb muammo ekanligini, uni ijobiy hal etish uchun tuman hududidagi bo‘sh turgan binolardan foydalanib, tikuvchilik va milliy kashta tikish sexi ochish maqsadga muvofiqligini ta’kidlashdi.

Shuningdek, Alisher Navoiy MFYda yashovchi Munisa Nurmanova ham bankdan kredit olishda yordam so‘rab murojaat qildi.

Mutasaddi rahbarlar ishontirdiki, ko‘tarilgan masalalar yaqin kunlarda ijobiy hal etilajak.

– Bugungi ochiq muloqot tumandagi mavjud masalalarni o‘rganish barobarida aholini qiynab kelayotgan muammolarga ijobiy yechim topishga harakat qilindi, – deydi O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi Ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri Nigora Saimova. —Muloqotda asosan, ish bilan ta’minlash, kredit olish, uy-joy masalalari, ichki yo‘llarni ta’mirlash, tibbiy xizmat sifatini oshirish, bandlik masalalari yuzasidan aholining murojaatlari o‘rganildi.

Muloqotda ishtirokchilarni qiziqtirgan savol va murojaatlarga deputatlar, tumandagi tegishli tashkilotlar rahbarlari atroflicha javob qaytardi. Bir qator yechim talab murojaatlar viloyat, tuman deputatlari tomonidan deputatlik so‘rovi yuborish uchun yozib olindi. 

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2573
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Даврон Темиров O‘zLiDePБўка туман Кенгаши ижрочи котиби2018-11-16 08:48:55

15 йил тарих учун бир лаҳза.Партиямизнинг келгуси ишларида омад ёр бўлсин.Бунинг учун партиямиз сафини Ватан равнақи, юрт фаровонлиги учун курашадиган фидойи инсонлар билан тўлдириб борайлик.


Fikringizni qoldiring

+