O‘zLiDeP tadbirkorlikni boshlaganlarga ko‘makdosh bo‘lmoqda

03.10.2017, 18:21

O‘zLiDeP tadbirkorlikni boshlaganlarga ko‘makdosh bo‘lmoqda

O‘zLiDeP Uzun tumani Kengashi “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida faoliyat boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida “Surxon Zamini Ne’matlari" agrofirmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda tumandagi yosh tadbirkorlarga uzumchilikni rivojlantirish buyicha tavsiyalar berishdi. Uchrashuvda uzumchilikni rivojlantirish bo‘yicha uchrayotgan muammolarga “Surxon zamini nematlari” agrofirmasi huzuridagi quyi bo‘g‘in yetakchisi Abdurahmon O‘ljayev tomonidan to‘liq tushuntirishlar berildi.

– Uzum toklarini sovuqdan asrash, bozorgir uzum navlari va tokka tegadigan kasalliklarni oldini olish bo‘yicha tushgan savollar aholining uzumchilikka qiziqishi yuqori ekanidan dalolat beradi, – deydi A. O‘ljayev. – Ishonamizki, yaqin orada mazkur hududda uzumchilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklar safi yanada kengayadi.      

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga eng yaxshi uzum navlaridan ko‘chat berishga kelishib olindi.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi

 matbuot xizmati 

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1650
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+