Deputat ko‘magida “Xumo” bog‘chasi oldidagi yo‘llarda yo‘l belgilari o‘rnatildi

20.06.2018, 17:08

Deputat ko‘magida “Xumo” bog‘chasi  oldidagi yo‘llarda yo‘l belgilari o‘rnatildi

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi va Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari bilan hamkorlikda “Xumo” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil etildi.  

Sayyor qabulda so‘z olgan Sh.Toirova 20-sonli “G‘uncha” maktabgacha ta’lim muassasasi oldidagi yo‘lda harakat xavfsizligi bo‘yicha yo‘l belgilari mavjud emasligini aytib, tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Mazkur murojaat Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi Baxtiyor Rahmonov tomonidan nazoratga olindi. Deputat shahar IIB YXXB bo‘limiga deputatlik so‘rovi yubordi. Ushbu so‘rovga asosan, masala joyida o‘rganilib, bog‘cha oldidagi yo‘llarda yo‘l belgilari o‘rnatildi.

Cayyor qabulda shuningdek, hudud ahlini qiynab kelayotgan ko‘plab muammolar joyida o‘rganildi va ularning aksariyati shu yerning o‘zida hal etildi. Hal etilmagan murojaatlar Xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashidagi deputatlik guruhi a’zolari tomonidan nazoratga olindi.

Ch.RADJABOV,

O‘zLiDeP Navoiy viloyat

Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1776
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

O‘zLiDeP Сурхондарё вилоят Кенгаши Бизнес тузилмалар ва фермерлар билан ишлаш булими мудири Т.Абдуллаев2018-06-22 11:54:33

Жуда яхши ва керакли тадбир амалга оширилган. Булар билан биргаликда ДАН ходимлари билан ҳамкорликда йўл ҳаракати хавфсизлиги бўйича тадбирлар ташкил этилса, янада самарали бўлур эди. Ишларингизга омад тилайман, партиядошлар!


Рузибоев Зоиржон Тохирович Учкуприк туман Кенгаши БПТ аъзоси2018-06-21 15:07:20

Депутатларимизнинг сайёр қабулларидан кейинги эришилган ютуклар халқнинг қувончига сабаб буляпти. Бу партиямизнинг ютуғи деб баралла айтсак булаверади.


Бойназарова Нодира "Аёллар қаноти" гуруҳи фаоли. Қашқадарё вилояти Деҳқонобод тумани.2018-06-21 10:23:06

Мана шундай сайёр йиғилишларни энг чекка ҳудуд аҳолиси ўртасида янада кўпроқ ташкил этилса ва муаммолар жойида ўрганилса мақсадга мувофиқ бўлади. Чунки, тоғли ҳудудлар аҳолисининг муаммоли масалаларни ҳал этиш мақсадида марказга келиб-кетиши вақтнинг бесамар кетишига сабаб бўлади.


Шовот туман Кенгаши ходими2018-06-21 09:46:44

Сайёр қабуллардан кўзланган мақсадларга эришилганидан халқнинг қувончи чексиз, Жонкуяр депутатларимиз кўпаяверсин.


Rustamov Javlonbek2018-06-21 09:19:16

Deputlar tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko'lamdaki hamda samarali ishlarga nisbatan fuqorolarimiz iliq munosabat bildirishmoqda hamda aholining deputatlarga bo'lgan samimiy ishonchlari ortib bormoqda.


Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-06-20 23:34:38

Жуда яхши ва керакли тадбир амалга оширилган. Булар билан биргаликда ДАН ходимлари билан ҳамкорликда йўл ҳаракати хавфсизлиги бўйича тадбирлар ташкил этилса, янада самарали бўлур эди. Ишларингизга омад тилайман, партиядошлар!


N.Ruziyeva Navoiy viloyati Uchquduq tumani2018-06-20 19:07:05

Darhaqiqat deputatlarimiz faoliyatida jonlanish ko'proq kuzatilmoqda. Sayyor qabullar bunga misol bo'lmoqda.


Q.Eshqorayeva-Navoiy viloyati Uchquduq tuman ijrochi kotib2018-06-20 19:02:01

Joylarda o'tkazilayotgan sayyor qabullar natijasida ko'plab muammolar ijobiy yechim topmoqda. Bu esa o'z navbatida shuni anglatadiki deputatlarimiz bugun aholi bilan samarali ishlamoqda.


Fikringizni qoldiring

+