O‘zLiDeP sirdaryolik 22 nafar yigit-qizni istiqbolli kadrlar zaxirasiga oldi

09.07.2018, 16:36

O‘zLiDeP sirdaryolik 22 nafar yigit-qizni  istiqbolli kadrlar zaxirasiga oldi

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi tomonidan Guliston davlat universitetida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida ochiq muloqot tashkil etildi.

Qayd etilganidek, mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad oliy ta’lim muassasalari bilan partiyaning uzviy xamkorligini yo‘lga qo‘yish, viloyat, tuman, shahar partiya tashkilotlariga siyosiy jihatdan yetuk, yetarli bilim va malakaga ega bo‘lgan kadrlarni aniqlash va ularni partiyaning istiqbolli kadrlar zaxirasiga tavsiya etishdan iborat.

– Tadbir davomida yoshlarni partiya atrofida birlashtirish, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash orqali bo‘lajak deputatlar va yetakchilar zaxirasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratdik, – deydi O‘zLiDeP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri D.Nurmuhamedov. – Shu bilan birga talabalar partiya faoliyati, ustav va dasturi bilan yaqindan tanishtirildi. E’tiborli jihati, tadbir davomida siyosiy jarayonlarga qiziqishi baland bo‘lgan 22 nafar yigit-qiz partiya istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi.

Tadbir so‘nggida O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi va Guliston davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Husan JABBOROV,

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

yoshlar bilan ishlash

bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1069
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Алламов Акбар2018-07-09 17:11:12

O‘zLiDeP сирдарёлик 22 нафар йигит-қизни истиқболли кадрлар захирасига олниши келажакда партиямиз равнақига хисса қушади.


Fikringizni qoldiring

+