Bag‘dodda O‘zLiDeP tomonidan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi targ‘iboti olib borildi

31.07.2018, 10:36

Bag‘dodda O‘zLiDeP tomonidan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi targ‘iboti olib borildi

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi, Bag‘dod tuman hokimligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi bilan hamkorlikda “Yuksak ma’naviyatli yoshlar – yurt kelajagi” mavzuida yoshlar anjumani tashkil etdi.

Tadbirda partiya viloyat Kengashi faollari, Bag‘dod tuman hokimligi va  O‘zbekiston yoshlar ititifoqi viloyat Kengashi mas’ul xodimlari, xalq deputatlari viloyat, tuman kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, mahalla faollari, tadbirkorlik qilish istagi bo‘lgan yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Maqsad Prezidentimizning 2018 yil 27 iyundagi “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni hamda shu yilning 4 iyul kuni mamlakatimiz rahbari boshchiligida yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidan kelib chiqadigan vazifalarni tahlil qilish.

–Dasturda belgilangan vazifalar barcha tashkilotlar qatori O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi, – deydi partiya viloyat Kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘lim mudiri Yusufjon Yusupov.Shu bois, hozirda Dasturda nazarda tutilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashga jiddiy kirishganmiz. Bunda eng avvalo, uyushmagan yoshlarni aniqlash, ularni qiziqishlarini o‘rganish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida yurgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratyapmiz.

Tadbirda yosh tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan muammolarni hal etishda “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1353
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара КР тахтакупир туман Кенгаши 2018-07-31 15:55:50

Хурматли Президентимизнинг 2018 йил 27 июндаги “Yoshlar – kelajagimiz” Давлат дастури тўғрисида”ги фармони жамиятимиздаги ешларга яна бир имконият яратилганига гувох буляпмиз. Бу фармон барча жойлардаги ешларимиз тамонидан кизгин куллаб кувватланмокда . Фармонда курсатилган имтиезлар албатта ишсиз ешларимиз учун тадбиркорликни куркмосдан бошлашига имкон яратти. Биз партия тамонидан хар бир каъбул килинган карорлар ва фармонлар мазмун мохиятини кенг оммага тушинтириш ишларини мунтазаам олиб борамиз


С.Саркисова –Когон туман Кенгашидаги O‘zLiDeP депутатлик гуруҳи ижрочи котиби2018-07-31 11:43:44

Ташаббускор ёшларимиз сафини кенгайтириш, уларни ягона мақсад атрофида бирлаштириш, партиямиз сафларида ўрнини мустаҳкамлаш мақсадида ташкил этилган “Ёш либераллар” клуби фаолиятини ҳозиргиданда кучайтирамиз. Таъкидлаш жоиз, клуб қошида “Ёш тадбиркорлар муаммоларини ўрганиш”, “Келажак депутатлари” гуруҳлари ҳам иш олиб бормоқда. Айни пайтда мазкур гуруҳлар орқали фаол ва уюшмаган ёшларга яқиндан кўмак берилмоқда. Президентимиз фармони билан тасдиқланган дастурда бу борада олдимизга янги-янги вазифалар қўйилди. Уларни амалга ошириш фаолиятимиз дастуриламалига айланмоғи лозим.


Fikringizni qoldiring

+