“Muxlis tekstil”ning 15 xodimi O‘zLiDePga a’zo bo‘ldi
31.07.2018, 18:32
O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan “Farovon oila” loyihasi doirasida “Sog‘lom va mustahkam oila – jamiyat boyligi va kelajak poydevori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda partiya viloyat, tuman (shahar) Kengashi va Xonobod shahar ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimlari, shahar ko‘ptarmoqli poliklinikasi shifokorlari, “Muxlis tekstil” ishlab chiqarish korxonasi ishchi-xodimlari va BPT raislari ishtirok etdi.
Dastlab ishtirokchilar Xonobod shahridagi “Muxlis tekstil” ishlab chiqarish korxonasi faoliyati, ishlab chiqarish jarayoni, korxonada ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
– Korxonamiz 2015 yilda tashkil etilgan, – deydi Sanobarxon Rahimova. – Dastlab faoliyatimizni 12 nafar ishchi-xodim bilan boshlagan edik. Ayni chog‘da korxonamizda 60 nafardan ortiq xotin-qiz mehnat qilmoqda. Kelgusida faoliyatimizni yanada kengaytirib, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratmoqchimiz. Bunda albatta, O‘zLiDeP ko‘magiga tayanamiz.
Tadbir so‘nggida partiyaga qiziqish bildirgan ushbu korxonaning 15 nafar xodimi partiya a’zoligiga qabul qilindi.
Umidaxon ISAYEVA,
O‘zLiDeP Andijon
viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
Bildirilgan fikrlar
Гулматова Мухаррам Мархамат туман Кенгаши2018-08-01 09:40:57
Хонабод шахар "Мухлис текестел" ишлаб чиқариш корхонасини фаолияти кенгайишига партия фаоллари номидан омад ва куч қувват тилайман.