O‘zLiDeP rahbari Aktam Xaitov Samarqand viloyat Kengashi faollari bilan uchrashdi

07.08.2018, 20:25

O‘zLiDeP rahbari Aktam Xaitov Samarqand viloyat Kengashi faollari bilan uchrashdi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi vakillari hududlardagi ahvol bilan yaqindan tanishish va joylardagi muammolarni o‘rganish maqsadida partiyaning Samarqand viloyat, tuman, shahar Kengashlari raislari, apparat rahbarlari, mahalliy Kengash deputatlari hamda BPT raislari bilan uchrashdi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda so‘zga chiqqan O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mita raisi Aktam Xaitov partiya oldida turgan ustuvor vazifalar, uning jamiyatdagi o‘rni va roli, partiya g‘oyalarini aholi orasiga keng targ‘ib qilish borasida mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

–Davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qabul qilingan Qaror va Farmonlarning targ‘iboti bevosita partiyaning dasturiy vazifalaridan hisoblanadi, – deydi O‘zLiDeP rahbari A.Xayitov. – Shu boisdan “Obod qishloq”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” dasturlarini aholi orasiga keng targ‘ib qilishda yetakchi partiya sifatida partiyamiz faollik ko‘rsatishi lozim. Bu jarayonda aholi muammolarini o‘rganish va ularning yechimini topishda deputatlarimiz faol va tashabbuskor bo‘lishi darkor. Biroq, bugun ko‘pchilik deputatlarimizda faollik, xalqparvarlik  sezilmayapti.

Uchrashuv davomida partiya xodimlari, deputatlarning ijtimoiy tarmoqlarda faolligini oshirish, a’zolar safini kengaytirish, BPT faoliyatini yanada takomillashtirish, kelgusi saylovlarga nomzodlarni tanlab olishda liderlarni izlab topish borasida zarur tavsiyalar berildi.

Uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Qaror va Farmonlar hamda partiya dasturiy maqsad va vazifalarini aholi orasiga oddiy xalqchil  tilda targ‘ibotini ko‘chaytirish yuzasidan ishchi guruh tashkil etilib, joylarda bu kabi muloqotlarni  o‘tkazishga kelishib olindi. 

Ta’kidlash kerak, tashrif davomida partiya vakillari viloyatning barcha tuman, shahar Kengashlari, deputatlik guruhlari vakillari hamda BPT faoliyati bilan ham yaqindan tanishadi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1140
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Murod M.Uluĝbek2018-08-10 23:00:25

Lekin bir birimizni maqtagandan ko‘ra amaliy ish qiganimiz yaxshiroq dep o‘ylayman. Ўзлидер ми~~ ўзлидеп ми


Murod M.Uluĝbek2018-08-10 22:55:35

yaxshi partiyamiz harakatda shunga xam shukur.


ЎзлиДеР Фарғона вилояти Кенгаши Аёлларнинг сиёсий фаоллиги жамиятдаги роли ва мавқеини ошириш бўлими мудири Умидахон Исломқулова2018-08-09 09:46:45

O'zLiDeP Сиёсий Кенгаши раиси А.А.Хаитовдан партиямиз тарихида қолувчи янги ҳайрли ва амалий ишларни биргаликда қадамма -қадам амалга оширамиз, шунингдек янада юксак марраларни заб этамиз деган умиддаман.Ҳурматли Раис, қадамингиз қутлуғ, ҳар бир кунингиз нурафшон бўлсин! Худудий ва туман-шаҳар Кенгашлари ходимларига , париямиз фаолларига омад ёр бўлисин.!!!


Бизнес Профит2018-08-08 17:05:28

Партия фаолияти жнланиши яхши. Келажакда хар бир тадбиркорни қамраб олиш бўйича иш олиб борилса яхши бўларди.


К.Сиддиқов O'zLiDeP Хўжаобод туман Кенгаши.2018-08-08 10:31:17

O'zLiDeP Самарқанд вилоят Кенгаши ходимларига ва бутун Республикадаги сафдошларимиз ишларига омад тилайман.


Б.Саидолимов O'zLiDeP Хўжаобод туман Кенгаши2018-08-08 10:28:20

O'zLiDeP Сиёсий Кенгаши раиси А.А.Хаитовга ва бутун сафдошларимиз ишларига омад тилайман. Келгусида сафимиз янада кенг, йўлларимиз порлоқ бўлсин.


Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб2018-08-08 08:36:12

Партиямизнинг янги рахбари кадами кутлуг булсин! Биз барча партия фаоллари партиянинг максад вазифаларини таргиб килишда харакатдан туктамаймиз деб ишонтира оламиз.


Мустафаев Бахтиёр ЎзЛиДеП аъзоси2018-08-08 08:03:38

ЎзЛиДеП Самарқанд вилоят, шаҳар, туман Кенгаши ходимларининг келгусидаги ишларига зафарлар тилайман. Омад ёр бўлсин!


Fikringizni qoldiring

+