Navoiy viloyatida tadbirkorlikka oid me’yoriy hujjatlar muhokama etildi

23.11.2017, 17:28

Navoiy viloyatida tadbirkorlikka oid me’yoriy hujjatlar muhokama etildi

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi Tashqi savdo vazirligining viloyatdagi vakolatli vakilligi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus turdagi tovarlar eksportini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  farmoni, “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari mazmun-mohiyatini keng aholi va partiyamizning elektorati vakillariga tushuntirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazdi. Unda partiya Navoiy viloyat Kengashi xodimlari, deputatlik guruhi a’zolari, viloyat adliya, soliq va bojxona boshqarmalari mutasaddilari, tadbirkor va fermerlar hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati bo‘yicha Navoiy viloyat Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i X.Sa’dullayev, Tashqi savdo vazirligining viloyatdagi vakolatli vakili O.Shukurov, Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi boshlig‘i R.Maxmudovlarning ma’ruzalari tinglandi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, Prezidentimiz farmonida maxsus turdagi tovarlarni eksport va import qilish, eksport kontraktlarini ro‘yxatga olish, shuningdek, import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazish va tender hujjatlarini baholash tartibini yanada takomillashtirish nazarda tutilmoqda. Xususan, eksport-import tartib-taomillarini optimallashtirish va maxsus turdagi tovarlarni eksport hamda import qilish uchun litsenziyalar berish funksiyalarini yagona organda birlashtirish maqsadida litsenziyalash funksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazish nazarda tutilgan. Bundan tashqari, bir-birini takrorlaydigan tartib-taomillarni istisno qilish maqsadida Farmonda import shartnomalarini O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan ekspertizadan o‘tkazishga doir amaldagi tartibni soddalashtirish hamda unga o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddi tashkilot vakillaridan javob olishdi.

B.YULDASHEV,

 O‘zLiDeP Navoiy viloyat

Kengashi  xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1704
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+