Sog‘lom oila – yurt kelajagi
13.09.2018, 18:23
O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi viloyat Perinatal markazi bilan hamkorligida “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida “Sog‘lom oila yurt kelajagi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda partiya xodimlari va Guliston shahrida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar, Perinatal markazi xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Guliston shahrida istiqomat qilayotgan ayollarni sog‘lomlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, ayollarni istalmagan xomiladorlikdan ximoyalash usullari, erta tug‘ruqlarni oldini olish hamda sog‘lom va mustahkam oila – jamiyat boyligi va kelajak poydevori ekanini ta’kidlab o‘tdilar.
– Perinatal markazimizda haftaning chorshanba kunini kam ta’minlangan oilalar uchun bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish kuni, deb e’lon qilganmiz, – deydi O‘zLiDeP Guliston shahar Kengashi deputati, Perinatal markaz rahbari Hanifa Sodiqova. – Shuningdek, ayollar o‘rtasida erta tug‘ruqni oldini olish va 40 yoshdan yuqori bo‘lgan ayollarning tug‘ishi hayot uchun xavfli ekani yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bormoqdamiz. Oldinlari kam ta’minlangan oilalarga respublika tibbiyot muassasalarida davolanish uchun 2-3 oyda bitta order bergan bo‘lsak, hozirga kelib bir oyda 6 nafar ayolga o‘z sog‘liqlarini tiklashi uchun order berilmoqda.
Tadbir yakunida kam ta’minlangan oilalar va tadbir ishtirokchilari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Xususan, ayollarning qon bosimlari, UZI apparatlari orqali xomiladorlik davrining kechishi tekshirildi. Yosh onalarga homiladorlik davrida o‘zlarini turli zararli odatlardan saqlashlari borasida maslahatlar berildi.
O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat
Kengashi matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Keng qamrovli hamkorlik darajasiga erishish yo‘lida
20.05.2024, 11:52
-
Madaniyat — xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasi
18.05.2024, 16:04
-
Eng faollari saralanyapti
18.05.2024, 15:16
-
100 nafar xotin-qizni ishli qilgan tadbirkor ayol tanlovning mahalla bosqichi g‘olibi bo‘ldi
18.05.2024, 15:03
-
Shahrisabz tumanidagi 21 ta mahallasining ishbilarmon ayollari o‘zaro bellashdilar
18.05.2024, 14:24
Fikringizni qoldiring