“Pitnak panel”da 45 nafar a’zoni birlashtirgan quyi bo‘g‘in ish boshladi

21.09.2018, 17:04

 “Pitnak panel”da 45 nafar a’zoni  birlashtirgan quyi bo‘g‘in ish boshladi

Hazorasp erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini o‘rganish va loyiha tashabbuskorlariga ko‘maklashish maqsadida O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi Yoshlar qanoti hamda Hazorasp tuman Kengashi bilan hamkorlikda “Pitnak panel” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasida “Yoshlarni tadbirkorlik sohasiga keng jalb qilish - ularni bandligini ta’minlashda muhim omildir” mavzusida amaliy uchrashuv tashkil etildi.

- Korxonamizda 2017 yil oktabr oyidan sendvich-panellari ishlab chiqarila boshlandi, - deydi korxona rahbari Abdusharib Qurbanov. – Kuniga 1200m2  sendvich-panellar ishlab chiqarish quvvatiga ega mazkur korxonada 45 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Ularning ko‘pchiligini asosan yoshlar tashkil qiladi. Yaqinda yana 30 kishini ish bilan ta’minladik. Quyosh batareyalarida ishlaydigan ariston hamda turli xil ko‘rinishdagi qo‘shimcha qurilish materiallari ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘yamiz.

Ta’kidlash kerak, joriy yilda korxonada ishlab chiqargan 38 ming AQSh dollari miqdoridagi mahsulotlar Qirg‘izistonga eksport qilindi. Uchrashuvda partiyamiz vakillari korxona ishchi-xodimlari bilan suhbatlashib, ularning ishdan bo‘sh paytlarida oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishlari, tomorqalaridan samarali foydalanishlari va bu borada Davlat dasturlari doirasidagi imtiyozli kreditlardan foydalanishlarida  partiya doimo ko‘makdosh bo‘lishi ta’kidlandi.

Oldingi uchrashuvlarda partiyamiz safiga kirish istagini bildirgan “Pitnak panel”ning  45 nafar ishchisi O‘zLiDeP ga a’zo bo‘ldi va korxonada yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi.

                                                                                                                                               Azamat Annaxasanov,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Yoshlar qanoti bo‘limi yetakchi konsultanti

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1527
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+