O‘zLiDeP rahbarining qoraqalpog‘istonlik tadbirkor va fermerlar bilan uchrashuvlari yakunlandi

23.10.2018, 18:36

O‘zLiDeP rahbarining qoraqalpog‘istonlik tadbirkor va fermerlar bilan uchrashuvlari yakunlandi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov qoraqalpog‘istonlik tadbirkor va fermerlar bilan uchrashuvlari davomida Xo‘jayli va Ellikqal’a tumanlariga ham tashrif buyurdi.

 Dastlab partiya rahbari xo‘jaylilik tadbirkor va fermerlar faoliyati bilan yaqindan tanishish va ularni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish maqsadida tumandagi “Logistika” markazining ish faoliyati va kelgusidagi rejalari bilan yaqindan tanishdi.

- Markazimizda asosan meva-sabzovot va poliz ekinlarini qayta ishlash, qadoqlash, eksport qilish kabi ishlar amalga oshiriladi, – deydi markaz rahbari K.Berdimbetov. – Hozirda korxonamiz faoliyatini kengaytirish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun katta sig‘imdagi muzlatgichlar, donli ekinlarni boshog‘idan ayirib tozalab beradigan zamonaviy tegirmonlar o‘rnatishni rejalashtirganmiz. Natijada 150 nafar aholining ish bilan bandligi ta’minlanadi.

Aktam Xaitov ushbu markaz faoliyati bilan bog‘liq o‘zining qator taklif va tavsiyalarni berdi.

Shuningdek, partiya rahbari tuman hokimligida tadbirkor va fermerlar bilan muloqot o‘tkazib, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida uchrayotgan g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etish borasidagi muammo va takliflarini tingladi. Ularning yechimi bo‘yicha o‘z nazoratiga oldi.  

Uchrashuvlar davomida Aktam Xaitov Ellikqal’a tumanida ham bo‘lib, tadbirkorlik sub’ekti vakillari va fermerlar bilan muloqot qildi. Muloqot davomida partiyaning asosiy maqsad va vazifalari kengroq tushuntirildi. Tadbirkor va fermerlarning kelgusidagi rejalari bilan tanishib, zarur taklif hamda tavsiyalarni berdi.

Partiya rahbari tumandagi “Mega - Tekstil” MChJ faoliyatini ham ko‘zdan kechirdi. Korxona ishchi-xodimlari bilan suhbatda bo‘lib, ularning fikr va takliflarini tingladi. Ushbu korxonaning 125 nafar xodimi partiya a’zoligiga qabul qilindi.

Shu bilan O‘zLiDeP rahbari Aktam Xaitovning Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lgan uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi.   

 O‘zLiDeP  Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1031
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-10-24 08:20:28

УзЛиДеП Сиёсий Кенгаши рахбари А.Хайтовнинг Республикамизга келиб йирик ишлаб чикарувчи корхона лар ва фермерларнинг иш фаолияти билан танишиб улар билан мулоқотда булиб, келгусидаги режалари билан танишиб, зарур таклиф ҳамда тавсияларни беришидан тадбиркорларимиз ишларини янада жонлантиради деб умид киламиз.


Fikringizni qoldiring

+