“Qishloq qurilish bank” Namangan shahar filiali qoshidagi BPT eng yaxshi quyi bo‘g‘in, deb topildi

02.11.2018, 16:07

“Qishloq qurilish bank” Namangan shahar  filiali qoshidagi BPT eng yaxshi quyi bo‘g‘in, deb topildi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti”  tanlovining Namangan shahar bosqichi o‘tkazildi.

Unda shahardagi 120 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti ishtirok etdi.  

– Bugungi kunda shahrimizda 129 ta quyi bo‘g‘in bo‘lib, barcha boshlang‘ich tashkilotlar va partiya o‘rtasida uzviy hamkorlik o‘rnatilgan, – deydi O‘zLiDeP Namangan shahar Kengashi apparat rahbari Sohiba Gapparova. – Shu bois, BPT bilan bevosita hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mavjud muammolarni bartaraf etishda birgalikda faoliyat olib bormoqdamiz.

Tanlov yakunida ATB “Qishloq qurilish bank” Namangan shahar filiali qoshidagi BPT “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” deb topildi.

Erkin AHMYeDHODJAYEV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

BPT bilan ishlash guruh rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT #uzlidep15
  • Ko'rildi
    2240
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+