“Maqsadimiz – xalqni rozi qilish”, deyishmoqda chinozlik partiyadoshlarimiz
16.11.2018, 17:00

O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi “Ayollar qanoti” Chinoz tumanidagi 1-sonli musiqa va san’at maktabida “O`zLiDeP – tadbirkor ayollar manfaatlari himoyachisi” mavzuida davra suhbati tashkil etdi.
Unda Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya faollari, BPT raislari, tadbirkor va ishbilarmonlar xotin-qizlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olgan O‘zLiDeP Chinoz tuman Kengashi apparat rahbari Payzulla Tojiqulov yig‘ilganlarni partiyaning 15 yillik bayrami bilan tabriklab, o‘tgan davr mobaynida partiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
– Bugun ayollarimiz nafaqat uy bekasi, balki davlat va jamiyat boshqaruvining barcha sohalarda mehnat qilyapti, – deydi Xalq deputatlari Chinoz tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi Kamola Aytenova. – O‘zimdan qiyos. Men ham ko‘p yillardan buyon shu partiyaning a’zosi sifatida partiya maqsad-vazifalarini aholi orasiga keng targ‘ib qilib kelyapman. Eng muhimi, o‘tgan davr mobaynida “Ayollar qanoti” bilan birgalikda ulkan ishlarni amalga oshirdik. Maqsadimiz – odamlarni rozi qilishdan iborat.
Tadbir so‘nggida O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi tomonidan partiya faxriylariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar topshirildi.
O‘zLiDeP Toshkent viloyat
Kengashi matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Ishchi guruh o‘rganishi: Hazoraspda 359 nafar xotin-qizlar imtiyozli kreditlar olib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan
01.12.2023, 15:20
-
Biz zo‘ravonlikka qarshimiz
01.12.2023, 15:14
-
Xotin-qizlarimiz mehnat qilishi uchun munosib sharoitlar yaratib berilmoqda
28.11.2023, 15:46
-
Partiya “Ayollar qanoti” vakillari oilaviy tadbirkorligini boshlagan tadbirkor xonadonida bo‘ldi
27.11.2023, 18:04
-
Ohangaron tumanida O’zLiDeP Ayollar qanoti bog‘i barpo etildi
27.11.2023, 18:00
Fikringizni qoldiring