Senator: bir bolaga yetti mahalla ota-ona
28.11.2018, 12:30
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Sirdaryo viloyati kengashi tomonidan tashkil etilgan “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosiga bag‘ishlangan davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Ulug‘bek Sotiboldiyev jamiyatdagi ma’naviy axloqiy-muhit va farzand tarbiyasi azaldan nafaqat ota-onaning balki jamoatchilikning ham nazoratida bo‘lganligini “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona”degan naqlimiz bilan izohladi. Va shu ma’noda ushbu masala haqli ravishda jamoat nazoratida bo‘lishi kerakligini bildirdi. Shu ma’noda qo‘shnisinikida, mahallada yoxud ko‘chada - shundoq yaqin joyda yuz berayotgan salbiy holatlarga “Menga nima?” degan qabilda munosabatda bo‘linayotganligi ana shu qadimiy xalqona qoidamizga zid ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, u 2019 yildan kuchga kiradigan Soliq Kodeksi ijrosini ta’minlashda ham jamoatchilik nazoratining faol ishtiroki zarurligiga e’tibor qaratdi. Xususan, jamoatchilik nazoratini olib boruvchilarning, qolaversa, oddiy fuqarolarning ham tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan soliq to‘lovlarini yashirish holatlarini aniqlash va ularni oshkor qilishdagi ishtiroki muhim ahamiyatga ega dedi senator U. Sotiboldiyev.
Davra suhbatida Qonun mazmun-mohiyatini tushuntirish, uning ijrosini ta’minlashda zamonaviy innovatsion shakllardan foydalanish zarurligiga alohida urg‘u berildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni shu yil 12 aprelda qabul qilingan. Mazkur hujjat 21 moddadan iborat.
O'xshash yangiliklar
-
Keng qamrovli hamkorlik darajasiga erishish yo‘lida
20.05.2024, 11:52
-
Madaniyat — xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasi
18.05.2024, 16:04
-
Eng faollari saralanyapti
18.05.2024, 15:16
-
100 nafar xotin-qizni ishli qilgan tadbirkor ayol tanlovning mahalla bosqichi g‘olibi bo‘ldi
18.05.2024, 15:03
-
Shahrisabz tumanidagi 21 ta mahallasining ishbilarmon ayollari o‘zaro bellashdilar
18.05.2024, 14:24
Fikringizni qoldiring