Xususiy ta’lim raqobatni kafolatlaydi

12.12.2017, 17:48

Xususiy ta’lim raqobatni kafolatlaydi

“Lashkarbegi” mahalla fuqarolar yig‘ini guzarida saylovchilar bilan muloqotimiz qizg‘in kechdi. Deputatlikka nomzod sifatida o‘z saylovoldi dasturimni taqdim etganimda fuqarolar tomonidan ijobiy munosabat bildirildi.

Mening asosiy maqsadlarim Toshkent shahri va tumanlarida xususiy maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limini yanada rivojlantirish, iqtidorli talabalarni taqdirlash, oliy ta’lim muassasalarining institutsional va moliyaviy mustaqilligini sezilarli darajada kengaytirish, ta’lim sifatini ta’lim va fan hamkorligini yanada mustahkamlash orqali yaxshilash, o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.

Ilmiy-tadqiqot muassasalarining faoliyatini takomillashtirish, akademik ilm va ta’lim jarayonining oliy ta’lim muassasalaridagi hamkorligini yanada chuqurlashtirish, yosh olimlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb etish uchun keng sharoit yaratish, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga ustuvor vazifa
sifatida qarayman.

Axborot xurujlari avj olgan hozirgi davrda ma’rifat – jaholat va zo‘ravonlikka qarshi ishonchli qalqon hisoblanadi. Kuchni kuch bilan, g‘oyani g‘oya bilan, jaholatni esa faqat va faqat ma’rifat bilan yengish mumkinligini hayotning o‘zi isbotlagan.

Ma’rifatparvar xalqimizga ana shular haqida gapirib, bo‘lajak saylovda menga ovoz berishga chaqirdim.

Qodirjon ShAVAZOV,

2-Oloy saylov okrugidan Toshkent shahar xalq deputatlari

Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi deputatligiga nomzod

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Saylov 2017
  • Ko'rildi
    1586
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+