Bekobodda “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi

29.04.2019, 17:05

Bekobodda “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi

O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi ayollar bilan ishlash bo‘limi tomonidan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Bekobod shahar bosqichi o‘tkazildi.

Dastlab tadbirkor va fermer xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashdi. 

Hamkor tashkilotlar va xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolaridan iborat hakamlar hay’ati ishtirokchilarning ishlari bilan yaqindan tanishib, ularni adolatli baholab borishdi.

–Shahrimizda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan xotin-qizlarimiz ko‘p. Ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mehnatlarini rag‘batlantirish, erkin faoliyat yuritishlari uchun zarur sharoitlar yaratish bizning asosiy vazifamizdir, – deydi O‘zLiDeP Bekobod shahar “Ayollar qanoti” Kengashi raisi L.Normatova. – Shu bois, tanlov davomida har bir ishtirokchining ishi bilan yaqindan tanishib, ularni munosib baholab bordik.

Tanlovda “Zulfiya-bonu-chevar” xususiy korxonasi rahbari Ug‘iloy Mirzamurotovaning faoliyati e’tirof etilib, 1-o‘ringa munosib topildi. 

–To‘g‘risi, kamtarona mehnatimni yuksak baholab, 1- o‘ringa loyiq topishganidan juda xursand bo‘ldim, – deydi U.Mirzamurotova. – Endi tanlovning viloyat bosqichida qatnashib, faxrli o‘rinlarni olishga harakat qilaman. Zotan, tadbirkor ayollarni rag‘batlantirishga qaratilgan mazkur tanlov nafaqat meni balki barcha ishtirokchilarni to‘lqinlantirib yubordi.

Tanlov so‘ngida g‘olib va sovrindorlarga O`zLiDeP Bekobod shahar Kengashinig diplom va estalik sovg‘alari topshirildi.

Ahror TUYChIYEV,

O‘zLiDeP Toshkent viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1059
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+