O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” “UzAgroLider” MChJda sariosiyolik xotin-qizlar uchun mahorat darsi tashkil qildi
02.05.2019, 16:28
O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, tadbirkorlikning turli sohalariga jalb qilish borasida tajribali tadbirkor va tomorqachilar ishtirokida mahorat darslari tashkil etilmoqda.
Ana shunday mahorat darslarning navbatdagisi Sariosiyo tumanidagi «UzAgroLider» MChJga qarashli Issiqxonada hudud aholisi ishtirokida o‘tkazildi.
– 2017 yili fermer xo‘jaligimizni tashkil qilganmiz. Hozirgi kunda 1019 gektar yer maydonimiz bo‘lib, u yerda asosan ko‘chat urug‘larini ekish bilan shug‘ullanamiz, – deydi «UzAgroLider» MChJ direktori O‘ktam Maxmudov. – Bundan tashqari 19 gektar yer maydonida zamonaviy tipdagi issiqxona barpo qilib, limon yetishtiryapmiz. Limonimiz ichki bozordan tashqari xorijga ham eksport qilinmoqda. Bu yerda mavsumiy 200 nafar, doimiy 86 nafar ishchi-xodim mehnat qiladi.
Tadbir ishtirokchilari ushbu korxona qoshida tashkil etilgan zamonaviy issiqxonada bo‘lib, mahsulotlarning turlari, uni yetishtirish, daromad olish kabi sir-asrorlarini o‘rganishdi. Ushbu hudud xotin-qizlari va yoshlarida ham o‘z tomorqalarida kichik issiqxonalar tashkil qilishga katta qiziqish uyg‘ondi.
Tadbir natijasida «UzAgroLider» MChJ tarkibida partiyaning boshlang‘ich tashkiloti tuzilib, 7 nafar xodimi partiya a’zoligiga qabul qilindi.
O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
Fikringizni qoldiring