“Bugungi dorilomon kunlar bardavom bo‘lsin”
07.05.2019, 12:28
Qarshi shahri “Buyuk turon” mahallasida yashovchi Axmat ota Jalilov bugun o‘zining 94 yoshini qarshi oldi. Hozir bir etak nabira va evaralar qurshovida keksalik gashtini surmoqda. Bayram arafasida uning xonadoni yanada fayzu tarovatga boyib ketdi.
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi rais o‘rinbosari B.Yakubov boshchiligida partiya Qashqadaryo viloyat Kengashi vakillari A.Jalilov xonadoniga tashrif buyurib, otaxon bilan dildan suhbat qurdilar.
Axmat ota o‘zining hayot yo‘llari va urush yillaridagi xizmatlari haqida yig‘ilganlarga so‘zlab berdi. Bugungi dorilomon kunlarning bebaho ne’mati bo‘lgan tinchlikni qadri beqiyos ekanligini bot-bot ta’kidladi. O‘z navbatida, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi rais o‘rinbosari B.Yakubov otaxonga partiyaning esdalik sovg‘alarini topshirdi.
– Urushga ketishdan avval hozirgi “Qashqadaryo viloyat teatri”da aktyor bo‘lib ishlaganman, – deydi Axmat ota. –Urush boshlangach, ko‘pchilik yurtdoshlarim qatori men ham frontga ketdim. U yerda ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirdek. Urushda qanchadan-qancha insonlar ko‘z o‘ngimda halok bo‘lishdi. Ilohim, xalqimiz hech qachon urush ko‘rmasin. Bugungi dorilamon kunlar bardavom bo‘lsin.
Eslatib o‘tamiz, bugun viloyat bo‘ylab Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga esdalik sovg‘alarni topshirish marosimlari davom etmoqda.
To‘lqin TURDIYEV,
O‘zLiDeP Qashqadaryo
viloyat Kengashi
matbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Xalqaro investisiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi
03.05.2024, 09:34
-
Xalqaro investitsiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi
02.05.2024, 16:34
-
Navoiylik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
02.05.2024, 16:27
-
Kattaqo‘rg‘ondagi tibbiyot, kasb-hunar va xususiy maktablar faoliyati o‘rganildi
02.05.2024, 13:46
-
“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining mahalla bosqichlari yangi-yangi nomlarni kashf etayotir
01.05.2024, 09:34
Fikringizni qoldiring