Yangi yil tadbirkorlarga yangi imkoniyatlarni taqdim etadi

22.12.2017, 17:24

Yangi yil tadbirkorlarga yangi imkoniyatlarni taqdim etadi

Tohirjon TOLIPOV,

Andijon viloyati, Andijon tumanidagi “Gulsum” xususiy korxonasi rahbari:

– Prezidentimiz bugun ilk marta mamlakatimiz parlamenti – Oliy Majlisga Murojaatnoma taqdim etdilar. Unda 2017 yil yakunlari hamda 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari xususida so‘z yuritildi. Quvonchlisi, mazkur videoselektor yig‘ilishda davlatimiz rahbari yangi yilga “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nom berishni taklif qildilar. Bu nom zamirida biz tadbirkorlarga juda keng imkoniyatlar, imtiyozlar bilan bir qatorda bir qadar mas’uliyat ham turganini his qilmoqdamiz.

1997 yilda tashkil topgan, o‘z ichida mehmonxona xizmati hamda mamlakatimizdagi oyoq kiyimlari ishlab chiqaruvchi esportyor korxonalarga har xil turdagi yelimlarni yetkazib berishga ixtisoslashgan xususiy korxonamiz o‘tgan davr davomida katta natijalarni qo‘lga kiritdi. Ayni kunda mahsulotlarimiz ichki bozordan tashqari xorijning qator davlatlarida ham xaridorgirligi bilan ajralib turibdi. Tadbirkorga, eng avvalo, qulay biznes muhiti kerak. Mana shu qulaylik joriy yilda yuqori pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa, 2018 yilda yil nomi ostida yanada yuksak marralarga, samaralarga erishishimizda dasturilamal bo‘lishiga ishonamiz. Ayniqsa, Prezidentimizning o‘z Murojaatnomasida: “...Tadbirkorlarni amalda yetarlicha qo‘llab-quvvatlay olmayotganimiz mening eng katta armonim. Ikki yil ular tekshirilmaydi. Endi ularni tekshirish bilan Prokuraturaning maxsus bo‘limi shug‘ullanadi. Buni shaxsan Prezident nazorat qiladi”, deya barcha ishbilarmonlarni o‘z himoyasi ostiga olganlaridan boshimiz ko‘kka yetdi.

Sanobar NOSIROVA,

Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi deputati:

– Biz davlat va xalq o‘rtasidagi ishonchli ko‘prik ekanmiz, bizga ishonch bildirganlarning ishonchlarini oqlashimiz shart! Muhtaram yurtboshimiz bugungi Murojaatnomasida aynan mana shu masalaga ham alohida yondashdilar. Prezidentimizning joriy yilning 12 iyuldagi ma’ruzasidan so‘ng, tan olishimiz kerak, faoliyatimiz ancha jonlandi. Aslida bizga mana shunday “dastak” kerak edimi? Deputat, nazarimda, tanqidga qadar yetib bormasligi zarur. Bugun aynan o‘sha ma’ruzadan keyingi olti oylik faoliyatimiz hisob qilinganday bo‘ldi. Bundan buyon bugun yurtboshimiz ta’kidlaganidek, ezgu tashabbuslarni ilgari surishda fidoyi, jonkuyar bo‘lmog‘imiz, asosiysi, birgalikda bir kuch bo‘lib, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lida harakat qilmog‘imiz shart! Ayniqsa, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ishlashi uchun keng imkoniyat yaratib berish, ijro hokimiyati va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida muloqot maydonini yaratishga alohida e’tibor qaratishimiz faoliyatimizning bosh mezoniga aylanishi lozim.

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2441
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+