“Tadbirkorlikni yanada faollashtirish – jamiyat taraqqiyotining muxim omili”

12.01.2018, 16:43

“Tadbirkorlikni yanada faollashtirish – jamiyat taraqqiyotining muxim omili”

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi biznes tuzilmalar va fermerlar bilan ishlash bo‘limi partiya Namangan shahar Kengashi bilan hamkorlikda “Choshgox” korxonasida tashkil etilgan ochiq muloqot ayni shu mavzuga bag‘ishlandi.  

– 2017 yil fevral oyida 2 mlrd 800 mln. so‘m investitsiya kiritish va 85 ta yangi ishchi o‘rni yaratish sharti bilan ish boshlaganmiz, – deydi korxonaning moliyaviy masalalar bo‘yicha menejeri Farida Raxmanova. – Bugungi kunga kelib investitsiya majburiyati
2 baraborga bajarilib, 102 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Prezidentimiz tomonidan biz tadbirkorlarga qaratilayotgan yuksak e’tiborga javoban,   2018 yilda jahon andozalariga mos yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarib, ularning 50 foizdan ortig‘ini eksportga yo‘naltiramiz.  

Ochiq muloqotda tadbirkorlarimiz tomonidan erishilayotgan natijalar bilan bir qatorda faoliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha innovatsion g‘oyalar ham keng muhokama etildi.

Ibrohim SATTAROV

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

biznes tuzilmalar va fermerlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1283
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+