Kosonda 105 oilaga saxovat ko‘rsatildi

04.08.2020, 17:49

Kosonda 105 oilaga saxovat ko‘rsatildi

Tumandagi “Mash’al” mahalasida istiqomat qiluvchi Feruza Do‘stboyeva karantin paytida qiyinchiliklarga duch keldi. Chunki turmush o‘rtog‘ining nogironligi borligi bois ro‘zg‘or tebratish, 2 nafar farzandni boqish uning zimmasida edi.

Karantin paytida bu oila mahalla oqsoqollari nazaridan chetda qolmadi. Muntazam oziq-ovqat mahsulotlari va moddiy yordam berib borildi. Yaqinda O’zLiDeP faollari, deputatlar hamda tadbirkorlar himmati bilan Feruza Do‘stboyeva xonadoniga sog‘in sigir hadya qilindi. Bu saxovatdan oila a’zolarining hammasi xursand bo‘lishdi, qo‘llarini duoga ochishdi.

Koson tumanidagi 105 ta ana shunday ehtiyojmand oilaga tadbirkor va ishbilarmonlar tomonidan 25 bosh qoramol, 40 bosh qo‘y-qo‘zi, 900 bosh tovuq hamda 40 bosh quyon tuhfa qilindi.

O`zLiDeP Qashqadaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    540
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+