Yoshlar ham yurt ertasi uchun mas’ul

26.08.2020, 11:28

Yoshlar ham yurt ertasi uchun mas’ul

Jadal rivojlanayotgan fuqarolik jamiyati bugungi kunda nafaqat hayotiy va kasbiy tajribaga ega insonlardan, balki, katta hayotga endi kirib kelayotgan yosh avlod vakillarining ham mamlakatimizda ro‘y berayotgan turli iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok etishlari, o‘z g‘oyalari, takliflari va loyihalarini dadil olib chiqishlari zarurligini taqozo etmoqda.

Ma’lumki, iqtisodiy taraqqiyot ijtimoiy taraqqiyotning yuksalishiga, xalqimiz turmush farovonligining oshishiga zamin yaratadi.

Shu bois, hozirgi kunda Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan tadbirkorlik, kichik biznes sohalariga aynan yoshlarning keng jalb etilishi masalasi ustuvor bo‘lib qolayotir.

Ushbu jarayonda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati –O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan Yoshlar parlamenti a’zolari ham ilgari surilayotgan dolzarb ijtimoiy masalalar mohiyatini teran anglagan holda o‘z ish rejalarini ishlab chiqqan. Bunda birinchi navbatda kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan va nogironligi bor shaxslarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ularga tadbirkorlik va o‘zini-o‘zi band qilishi uchun bank kreditlari ajratilishiga ko‘maklashish, turmush sharoitlarini yaxshilash uchun har tomonlama shart-sharoit yaratish maqsadida tegishli mutasaddi idoralar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, iqtidorli yoshlarni tanlash, ularning intellektual rivojlanishiga sharoit yaratishga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, mamlakatimiz va xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishi uchun axborot va huquqiy ko‘mak berish ham kun tartibidagi muhim masalalar sifatida ilgari surilgan.

Bandlik masalasi ustuvor ijtimoiy masalalardan biri sifatida partiyaning doimiy diqqat markazida sanaladi. Shu munosabat bilan, tumanlardagi bandlik markazlari, bo‘sh ish o‘rinlari vakansiyalari borasidagi ma’lumotlarni bandligi ta’minlanmagan yoshlar auditoriyasiga tezkorlik bilan yetkazish, yirik ishlab chiqarish korxonalari, kompaniyalarning kadrlar bo‘limi bilan aloqa o‘rnatgan holda bo‘sh ish o‘rinlari borasidagi ma’lumotlarni olish va tegishli yoshlar doiralariga operativ tarzda yetkazish kabi masalalar Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Yoshlar parlamenti a’zolarining kundalik vazifalariga aylangan.

Jahongir BOZOROV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi,

Buxoro viloyati

  • Ko'rildi
    541
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+