O’zLiDeP deputati 50 nafar o‘quvchiga maktab formasi olib berdi

10.09.2020, 14:56

O’zLiDeP deputati 50 nafar o‘quvchiga maktab formasi olib berdi

Ayni kunlarda karantin talablariga qat’iy amal qilgan holda joylarda maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tiklash va yangi o‘quv yilini boshlash uchun puxta tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoda. Hozirlik ko‘rishda mahalliy kengash deputatlari ham ko‘maklashmoqda. 

41 Jiydakapa saylov okrugidan Namangan viloyat kengashi deputatligiga saylangan Ma’mura Turg‘unova boshlang‘ich sinflarda ta’lim oluvchi o‘quvchilarning 50 nafariga homiylik asosida maktab formasi olib berdi. Tumandagi 24 maktabning atrofi esa deputat ko‘magida biton g‘isht bilan o‘rab berildi.

Bundan tashqari, xalq vakili o‘ziga tegishli bo‘lgan noturar joyini ta’mirlab, “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” nomli bolalar bog‘chasi tashkil etdi. 80 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur dargohda hududagi 10 nafar aholi bandligi ta’minlandi. Bu esa Dahiyata mahallasi uchun mamlakatimiz mustaqilligining 29 yillik bayramiga chinakam sovg‘a bo‘ldi.

Yulduz Yuldosheva,

O’zLiDeP Namangan viloyat kengashi

Matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    565
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+