O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi ustuvor vazifalarni belgilab oldi
18.01.2018, 13:00
O‘zLiDeP Ustaviga ko‘ra bir yilda ikki marta hududiy Kengash yig‘ilishini o‘tkazish belgilangan. Shunga muvofiq, O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashining VIII kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Halq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashidagi viloyat va tuman O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati tumanlari Kengashi xodimlari, fermerlar, tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.
Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyati va undan kelib chiquvchi viloyat partiya Kengashi oldida turgan dolzarb vazifalar, O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashining 2017 yildagi faoliyati yakunlari hamda 2018 yilga mo‘ljallangan amaliy harakatlar dasturi va undan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Tadbir davomida Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan tegishli xulosa chiqarib, partiya faoliyatida ham quruq hisobot berishdan voz kechib amaliy ishlarga va natijalarga asosiy e’tibor qaratishi, olib borilayotgan ishlarni xolisona tanqidiy tahlil etib, zarur chora-tadbirlarni belgilab olish zarurligi ta’kidlandi.
Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan asosiy vazifalar, shuningdek, Prezidentimizning Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan joriy yil 12 iyuldagi videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasi doirasida berilgan muhim topshiriqlardan kelib chiqib, 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirilishi belgilangan asosiy ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.
A.OTABOYEV,
O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati
Kengashi matbuot xizmati xodimi
O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Jondorlik deputatlar va mahalla faollari bilan muloqot qilindi
04.05.2024, 18:01
-
Karmanalik ishbilarmon xotin-qizlar saralanyapti
03.05.2024, 16:17
-
Yoshlar o‘zaro bellashdilar
03.05.2024, 14:16
-
Xalqaro investisiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi
03.05.2024, 09:34
-
Xalqaro investitsiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi
02.05.2024, 16:34
Fikringizni qoldiring