Davlat Dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda O‘zLiDeP zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi
23.01.2018, 16:17
2017 yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda alohida e’tibor “Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun” degan tamoyil va “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu g‘oyaning, eng avvalo, xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish hamda fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining real himoya qilinishini ta’minlash orqali hayotga amaliy tatbiq etilishiga qaratildi. Natijada xalq farovonligini yuksaltirish, iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va qonun ustuvorligin ta’minlash borasida 30 dan ortiq qonunlar hamda 900 dan ortiq qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Bu esa xalqimiz turmush tarzini yanada yahshilanishiga olib keldi.
Prezidentimizning “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingani islohotlarning bardavomi sifatida bajarishimiz lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi. Dasturda belgilangan iqtisodiy sohadagi islohotlar joriy yilda mamlakatimizning iqtisodiyotni yanada yuksalishiga xizmat qiladi.
Dasturda tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga ikki yil muddatga moratoriy e’lon qilinganligi aynan partiyamiz eloktoratlari bo‘lgan tadbirkorlar uchun ayni muddao bo‘ldi. Bu tadbirkorlarni nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvlariga vaqt va resurs sarflamasdan o‘z faoliyatini xotirjam amalga oshirishlari uchun zamin yaratadi.
O‘ylaymanki, Davlat dasturidagi amalga oshirilishi belgilangan islohotlar mamlakatimizning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, aholi farovonligini yuksaltirish va fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash bilan birgalikda partiyamiz zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Bunda har birimiz shaxsiy mas’uliyatimizni his qilgan holatda o‘z vazifalarimizni bajarishga harakat qilishimiz lozim.
Nosirjon ABDULLAYEV,
O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi
apparat rahbari
O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining mahalla bosqichlari yangi-yangi nomlarni kashf etayotir
01.05.2024, 09:34
-
Deputat bilan uchrashuv: mahalla yettiligi qanday ishlayapti?
01.05.2024, 09:32
-
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson sog‘lig‘i bilan bog‘liq normalar yana-da ko‘payib, takomillashtirildi
30.04.2024, 16:15
-
Qashqadaryoda “O‘zLiDeP bog‘i” yaratildi
30.04.2024, 15:47
-
Deputat Oqdaryo bilan Pastdarg‘om tumanini bog‘lab turuvchi yangi ko‘prik qurilishida tashabbus ko‘rsatdi
28.04.2024, 12:38
Fikringizni qoldiring