Bog‘lar – obodlik belgisi

10.11.2017, 20:11

Bog‘lar – obodlik belgisi

O‘zLiDeP Bulung‘ur tuman Kengashi “Guliston”  mahallasida “O‘zbekistonda intensiv bog‘dorchilik va uzumchilikni rivojlantirish:  erishilgan natijalar va ustuvor vazifalar” mavzusida o‘quv seminar tashkil etdi.

Tadbirda tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda tokzorlarni kengaytirish, uzumchilikni yanada rivojlantirish, yangi, istiqbolli navlarni yaratish, bog‘ va tokzorlarni sug‘orishda yangi texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha fikr almashildi.

– Uzumchilikka ixtisoslashgan tumanlarda fermerlarga ko‘rsatilayotgan servis xizmatlarini yanada takomillashtirish, tokzorlar barpo etish, yer unumdorligini oshirish hamda tarmoqqa innovatsion g‘oyalarni tatbiq etishga alohida e’tibor qaratish zarur, – deydi O‘zLiDeP Bulung‘ur tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Akmal To‘rayev. – Bu aholini sarxil mevalar bilan ta’minlash barobarida, narx-navo barqarorligini saqlashga ham xizmat qiladi.  

O‘quv-seminarda fermerlar bog‘ va tokzorlarni parvarishlash, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish, bog‘larni parvarishlash, mevali daraxtlarga kimyoviy ishlov berish borasida yangi texnologiyalarni qo‘llash samaralari haqida keng ma’lumotlar berildi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2517
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+