“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kirgan fuqarolarga 162 million so‘mlik dori-darmonlar tarqatildi

27.03.2021, 13:29

“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kirgan fuqarolarga 162 million so‘mlik dori-darmonlar tarqatildi

O‘zLiDeP Buxoro viloyat va shahar Kengashlari “Ayollar qanoti”, partiyaning Buxoro shahar Kengashi va shahar Kengashi raisi, deputat Jonibek Matniyozovning tashabbusi bilan “Sog‘lom avlod uchun” Xalqaro xayriya jamoat fondi Buxoro viloyat hududiy filiali, Buxoro tibbiyot instituti ichki kasalliklar va tibbiy radialogiya va onkologiya kafedralari, BuxDUning iqtisod kafedrasi, Salomatlik maskani boshlang‘ich partiya tashkiloti  hamkorligida “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Mazkur tadbirda 162 million so‘mlik, 16 turdagi dori-darmonlar tarqatildi. Shuningdek, o‘ttizga yaqin vrachlar xizmatidan foydalanildi. BuxDUning iqtisod kafedrasi o‘qituvchisi Muqaddas Turdiyeva tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, xotin-qizlarning tibbiy savodxonligini oshirish, ularni o‘z vaqtida tibbiy ko‘riklardan o‘tkazishga jalb qilish masalalarida Buxoro tibbiyot instituti ichki kasalliklar va tibbiy radialogiya va onkologiya kafedrasi o‘qituvchisi Jasurbek Jonibekov fikr-mulohazalarini bildirdi. Yana bir qator tibbiyot xodimlari o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha tibbiy ko‘rikka kelgan ayollarda uchragan kasalliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalarini aytib, ularni sog‘liklariga befarq bo‘lmaslikka da’vat etdilar.

Tibbiy ko‘rik davomida deputat Jonibek Matniyozov o‘z saylov okrugi hududidagi Ulug‘bek, Ko‘kaldosh, A. Navoiy, Yoshlik MFYlaridagi 103 nafar “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kirgan ayollarni shifokorlar ko‘rigidan o‘tishi va ularga bepul dori-darmonlar tarqatilishiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Mazkur xayrli ishdan mamnun bo‘lgan ayollar partiya faollari va deputatga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar. Bundan tashqari, ularning ko‘pchiligi partiya safiga qabul qilindi.

O‘zLiDeP Buxoro viloyat kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    586
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+