Mahalla – yangilanishlar, islohotlar ko‘zgusi

27.04.2021, 16:40

Mahalla – yangilanishlar, islohotlar ko‘zgusi

Xabaringiz bor, 23 aprel kuni Prezidentimiz poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi “Parvoz” mahallasiga tashrif buyurib, yuz berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ishlar bilan bevosita tanishdi.  Zero, har bir mahalla mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlar ko‘zgusidir. Yurtdoshlarimiz turish-turmushi, ma’naviy, ijtimoiy hayoti unda yaqqol aks etadi. Shu ma’noda olganda tilga olingan mahallaning har jihatdan obodligi, ko‘rkamligi, bu yerdagilarning farovon, baxtli hayot kechirayotgani diqqatga sazovor. Bunga o‘z-o‘zidan erishilayotgani yo‘q. Yurtboshimiz xalqni rozi qilishga astoydil kirishgan, katta-kichik rahbarlarni ham ana shu ishga safarbar qilyapti.

– Hozirgi sharoitda nima uchun “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari” tizimini joriy etdik? Agar davlat aholining kambag‘al qatlamiga, ayollar, yoshlarga e’tibor bersa, hokimliklar ish tizimini shunga qarab tashkil qilsa, odamlarda ishonch uyg‘onadi. Davlatga ishonch qachon bo‘ladi? Qachonki, mahallada o‘zgarish bo‘lsa, – dedi Prezident.

Tashrif chog‘ida Toshkent shahridagi barcha 524 ta mahallani obod qilish, buning uchun har biriga mablag‘ ajratib, loyihalarni tasdiqlash bo‘yicha topshiriq berildi.

Darhaqiqat, hech bir hamyurtimiz hayotini o‘z mahallasidan ayricha holda tasavvur qilolmaydi. Mahallaning gullab-yashnashi insonlarni ruhlantiradi, islohotlarga ishonchini yanada mustahkamlaydi.

Shu o‘rinda O’zLiDeP Prezidentimiz da’vatlariga, olib borayotgan islohotlarga hamohang holda ish yuritayotganini qayd etish zarur. Partiya bir necha yildan buyon mahallalardagi turli-tuman muammolarni hal qilishga qaratilgan loyihalarni tizimli ravishda amalga oshiryapti. Bu jarayonda faollarimiz, jumladan, eng chekka hududlardagi yuz minglab xonadonlarga kirib bordi, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hal qilinishiga baholi qudrat hissa qo‘shdi. Shu asnoda partiya o‘z elektorati vakillariga yanada yaqinlashdi, ular bilan hamnafas bo‘ldi.

Albatta, O’zLiDeP va elektoratimiz vakillari, deputatlarimiz mahallalarning bundan-da obod etish bilan bog‘liq ishlardan chetda turmaydi, salohiyatini ishga solib, bu boradagi ishlarga ko‘maklashadi. Zotan, poytaxtimizdagi har bir mahalla, unda yashayotgan hamyurtlarimizning turmush sharoitini yaxshilashga hissa qo‘shish partiyamiz va tarafdorlarimizning ustuvor maqsadlaridan biriga aylanadi.

O'zLiDeP Toshkent shahar kengashi

Teglar
Kun mavzusi
  • Ko'rildi
    957
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+