O‘z tomorqasida issiqxona tashkil etish istagida bo‘lgan fuqarolarga O‘zLiDeP deputatlik guruhi orqali ko‘mak beriladi

05.02.2018, 17:32

O‘z tomorqasida issiqxona tashkil etish istagida bo‘lgan fuqarolarga O‘zLiDeP deputatlik guruhi orqali ko‘mak beriladi

Barchamizga ma’lumki, Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish hamda xususiy mulkni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator farmon va qarorlari qabul qilinib, buning natijasida mamlakatimiz iqtisodiyotida tadbirkorlikning o‘rni kun sayin ortib bormoqda.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan ham bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida viloyatning barcha hududlarida “Tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish – O‘zLiDePning bosh maqsadi” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Termiz tumanida tashkil etildi.

O‘zaro muloqot asosida o‘tkazilgan tadbirda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotimiz taraqqiyotidagi rolini yanada oshirish, ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, ularning erkin faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilayotgan aniq taklif va tavsiyalar tinglandi. Xususan, foydalanilmayotgan bino va inshootlarni “nol” qiymatda tadbirkorlarga berish hamda o‘z shaxsiy tomorqasidan unumli foydalanish maqsadida issiqxonalar tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar olish orqali tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish kerakligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida o‘z tomorqasida issiqxona tashkil etish istagini bildirgan fuqarolarga partiya deputatlik guruhi orqali ko‘mak berish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Zebiniso QURBONOVA,

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati

Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2032
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+