Qibrayda “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostidagi navbatdagi ommaviy tadbir o‘tkazildi

17.08.2021, 11:27

Qibrayda “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostidagi navbatdagi ommaviy tadbir o‘tkazildi

Shu kunlarda O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida respublikamizning barcha tuman va shaharlarida mustaqillika bag‘ishlangan turkum tadbirlar o‘tkazib kelmoqda.

Uyushqoqlik bilan tashkil etilayotgan ommaviy tadbirlarda partiya tashkil etilganining ilk kunlarida u bilan birga bo‘lgan faollar, deputatlar, xalqimiz suygan madaniyat va san’at sohasi vakillari, taniqli sportchilar, tadbirkor va fermerlar faol ishtirok etmoqda.

Qibray tumanidagi "Bo‘ston sanatoriyasi" MChJda “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostidagi navbatdagi ommaviy tadbir katta ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Tadbirni O'zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi raisi To‘lqin Fayziyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Istiqlol yillarida, ayniqsa so‘nggi besh yilda xalqimiz hayoti va yurt taraqqiyotini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqqan islohotlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Mustaqilligimizning 30 yilligi oldidan ochiq osmon ostida o‘tkazilayotgan ommaviy tadbirlar kuy qo‘shiqlarga ulanib ketdi.

O'zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi

Matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    590
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+