Toshkent viloyatining birinchi o‘rinbosari O‘zLiDeP deputatlariga hisobot berdi

17.02.2018, 13:19

Toshkent viloyatining birinchi o‘rinbosari O‘zLiDeP deputatlariga hisobot berdi

Avval xabar qilganimizdek O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda va unda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Odilxon Rustamov Prezidentimizning “Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati yuzasidan hisobot berdi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, Prezidentimizining mazkur qarori bilan Toshkent viloyati hududida 17 ta kichik sanoat zonalarini tashkil etilishi belgilangan bo‘lib, ularda to‘qimachilik, charm-poyabzal, kimyo, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, qurilish materiallari, meva-sabzavotni chuqur qayta ishlash, oyna, eshik va romlar, politilen trubalar, mebel’ mahsulotlarini va boshqa yo‘nalishlarda yuqori texnologiyali eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Ushbu Qaror asosida Toshkent viloyatining tegishli tuman va shaharlari hududidan jami 140,2 gektar yer maydoni ajratilishi belgilangan, amalda esa faqat 89,66 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, uning ham 87,2 gektar qismida loyiha tashabbuskorlari tomonidan qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu kabi amalgaoshirilgan ishlar bilan bir qatorda ayrim kamchiliklar borligi ham to‘xtalib o‘tdi. Masalan, Bo‘ka, Bekobod, Bo‘stonliq, Parkent, Yangiyo‘l va Yuqori Chirchiq tumanlari hamda Bekobod va Chirchiq shaharlarida KSZlar uchun belgilanganidan kam miqdorda yer maydonlari ajratilganligiga urg‘u berildi.

  • Ko'rildi
    1367
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+