Deputat tashabbusi bilan aholini qiynayotgan muammolar hal qilindi

21.12.2021, 16:14

Deputat tashabbusi bilan aholini qiynayotgan muammolar hal qilindi

Bugun odamlar orasida deputatlarning xalqqa hech qanday nafi tegayotgani yo‘q, degan gaplarni tez-tez eshitib turibmiz. Darhaqiqat, fuqarolarning ovozi bilan ushbu nomga erishgan deputatlarimiz joylarda qanday ishlarni amalga oshirishmoqda? Ana shunday savollarga javob topish maqsadida mahalliy Kengashlarga O`zLiDePdan saylangan deputatlar faoliyatini tahlil qildik.

Bundan bir necha oy avval Urganch shahridagi “Ma’rifat” mahallasi ichki yo‘llaridan harakatlanish fuqarolarga qiyinchilik tug‘dirardi. Chunki yozda chang, qishda o‘nqir cho‘nqir, loy ko‘chalar muammosi bor edi.

 O`zLiDeP Xorazm viloyat va Urganch  shahar Kengashi deputati Muborak Jumaniyozova  o‘z saylov okrugi hududiga kiruvchi yo‘llarni ta’mirtalabligi bois, xalqning o‘rinli e’tiroz-talablaridan kelib chiqib, bir necha bor tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yo‘llagandi.

Xalq noibining sa’y-harakatlari bilan Urganch yo‘llardan muntazam foydalanish unitar korxonasi tomonidan “Ma’rifat” mahalla hududidan kesib o‘tuvchi "A.Temur" ko‘chasining 830 metr qismiga asfalt yotqizish ishlari amalga oshirildi. Buning natijasida shu hududda yashovchi aholi uchun qulayliklar yaratildi.

Deputat shu kabi amaliy ishlari bilan xalq muammolarini ijobiy yechim topishida o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Bu o‘z-o‘zidan saylovchilarning o‘zlari saylagan deputatga bo‘lgan ishonchlarini oshirmoqda.

Nasiba Vaisova,

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    303
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+