Erkin iqtisodiy zonada tashkil etilgan korxonalar bilan uzviy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

07.02.2022, 14:45

Erkin iqtisodiy zonada tashkil etilgan korxonalar bilan uzviy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tomonidan viloyatga Investitsiyalarni jalb qilish va maxsus iqtisodiy zonalar samaradorligi oshirishda yoshlarning ham faol ishtirokini ta’minlash maqsadida  partiya “Yoshlar qanoti” guruhi faollari tomonidan Jizzax shahridagi Erkin iqtisodiy zonada tashkil etilgan korxonalar bilan uzviy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi 2013 yil 18 martda tashkil etilgan. “Jizzax” EIZning umumiy maydoni 514 gektarni tashkil etadi. O’tgan vaqt davomida "Jizzax” EIZ hududida  20 ga yaqin loyiha amalga oshirilgan. Eng muhimi, ushbu loyihalar doirasida 1007 ta ish o‘rinlari yaratilgan edi. Keyingi yillarda amalga oshirilgan yangi loyihalar tufayli yangi ish o‘rinlarini ikki baravarga oshirish imkoni yaratildi. Aytish mumkinki, bu yerga ishga jalb qilingan fuqarolarning aksariyatini yoshlar tashkil qiladi.

Yangi-yangi loyihalarning amalga oshirilishi natijasida bilimli, malakali mutaxassislarga ham talab oshib bormoqda. Shu sabab, ayni paytda shahardagi “Yoshlar daftari” kiritilgan yoshlarni ishga jalb qilishda ularga kasb-hunar sirlarini egallashlariga imkon yaratib berish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu masalada partiya “Yoshlar qanoti” faollarining yordami ayniqsa qo‘l kelgan bo‘lardi.

Tanishuv jarayonida hamkorlikning boshqa yo‘nalishlari, istiqbollari haqida ham fikr-mulohazalar almashildi.

Xolbek ASATOV,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan

ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    326
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+