Deputat yosh avlodni tarbiyalashda fidoiylik ko‘rsatgan o‘qituvchilarga sovg‘alar ulashdi

25.08.2022, 17:01

Deputat yosh avlodni tarbiyalashda fidoiylik ko‘rsatgan o‘qituvchilarga sovg‘alar ulashdi

Toshkent shahar Bektemir tumani “Madaniyat markazi”da 2022-2023 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan tadbir tashkil qilindi.

Tuman maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan 2021-2022 o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi va yangi o‘quv yilida rejaga kiritilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berildi. Yosh avlodni tarbiyalashda, fidoiylik ko‘rsatgan 18 ta pedagoglarga Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengash deputati, O'zLiDeP Bektemir tuman Kengashi raisi Furqat Qalandarov tomonidan esdalik sovg‘alar topshirildi.

Darhaqiqat, keyingi yillarda yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, yangi O’zbekistonni yaratish maqsadida barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham tub islohotlar olib brilmoqda. Bu borada o‘nlab muhim farmon, qaror, konsepsiyalar va dasturlar qabul qilindi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun ushbu soha taraqqiyotida, hech shubhasiz, yangi ufqlarni ochib berdi. Shu o‘rinda aytish joiz, maktabgacha ta’lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyatini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Bu yo‘nalishni tizimli rivojlantirish bo‘yicha aniq davlat dasturlari asosida bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2 baravarga oshirilib, 100 foizga yetkaziladi. Bu vazifa nafaqat zamonaviy bog‘chalar qurish, balki oilaviy bog‘chalar tizimini rivojlantirish orqali ham hal etiladi.

  • Ko'rildi
    445
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+