Deputatlar musobaqa shohsupasida

30.08.2022, 16:05

Deputatlar musobaqa shohsupasida

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi kubogi uchun “Parlament o‘yinlari”ning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda  MINI FUTBOL turi bo‘yicha Xalq deputatlari Sh.Rashidov tuman Kengashi deputatlari barcha raqiblarini dog‘da qoldirib, Respublika kubogi g‘olibi bo‘ldi. Shuni diqqatga sazovorki, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Tashkiliy-partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Dilshod Tursunboyev jamoa safidagi faol o‘yinlari bilan ushbu g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi.

Yana bir maslakdoshimiz, xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashi deputati O’zLiDeP Do‘stlik tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Nafisa Ismatova sportning STOL TYeNNISI turi bo‘yicha barcha raqiblarini ortda qoldirib, Respublika kubogini qo‘lga kiritdi.

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    147
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+