Prezidentimiz tashrifi namanganliklar kuchiga kuch, g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shdi

03.05.2018, 19:08

Prezidentimiz tashrifi namanganliklar kuchiga kuch, g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shdi

Namangan viloyati mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati yuqori, boy tarix va madaniyatga ega hududlaridan biri hisoblanadi. Respublikamizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, shahar va qishloqlarining kun sayin o‘zgarib, obod bo‘lib borayotgani, aholi turmush farovonligi yuksalayotganida ham o‘z aksini topmoqda.Bu haqda yurtboshimiz kuni-kecha viloyatga tashriflari chog‘ida ham alohida ta’kidlab o‘tdilar. 

Bundan salkam bir yil avval Prezidentimiz viloyatimizga bo‘lganlarida viloyatda bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish, yangi korxonalar, sanoat va tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar bergan edilar. O‘tgan davr mobaynida mazkur topshiriqlar izchil amalga oshirilishi natijasida viloyatimiz iqtisodiy salohiyati yanada yuksalib, mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmi oshdi.

Shu bois davlatimiz rahbari bu galgi tashrifi davomida mazkur topshiriqlar ijrosi bilan tanishib, yangi sanoat korxonalari va tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etish, aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar, ko‘rsatmalar berdi.

Prezidentimiz dastlab Chust tumanidagi “Baraka mevasanoat servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur mas’uliyati cheklangan jamiyati 2015 yilda faoliyatini yong‘oq, mayiz va kovul eksportidan boshlagan. Jamiyat tasarrufidagi ekin maydonlarida g‘alla, kungaboqar, loviya, kartoshka, makkajo‘xori, issiqxonada pomidor parvarishlanmoqda. 17 sotixli uchastkada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tajribadan o‘tkazilyapti.

Shu yerning o‘zida davlatimiz rahbariga 2018-2019 yillarda baliqchilik, parrandachilik, chorvachilik, pillachilikni yo‘lga qo‘yish, tomorqachilikni yanada rivojlantirish, issiqxonada limon yetishtirish, tutzorlar tashkil etish, og‘ir hududlardagi maydonlarning suv ta’minotini yaxshilash, paxtadan bo‘shagan yerlarga turli ekinlar ekish va eksportbop mahsulotlar yetishtirish, viloyat eksport salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha loyihalar taqdim etildi. Davlatimiz rahbari loyihani maqullab yong‘oqzorlarni ko‘paytirish, baliqchilik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, kartoshka urug‘chiligini rivojlantirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Shuningdek, Prezidentimiz Namangan shahridagi “Orzu” kichik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Salkam o‘n gektarni tashkil etadigan mazkur sanoat zonasida yengil sanoat, oziq-ovqat, tibbiy texnika, poligrafiya, polietilen paketlar va plyonkalar, energiya tejaydigan lampalar ishlab chiqarishga oid umumiy qiymati 142 milliard so‘mdan ziyod 22 loyihani amalga oshirish mo‘ljallangan. Loyihalar hayotga to‘liq tatbiq etilgach, yiliga 82,2 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi, 4 mingga yaqin kishining bandligi ta’minlanadi. E’tiborlisi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning asosiy qismi eksportga yo‘naltiriladi. 

Tashrif chog‘ida davlatimiz rahbari tadbirkorlarning muammolarini hal etish, xom ashyo yetkazib berish va mahsulotini sotishga ko‘maklashish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Xorijiy texnologiyalarni olib kelish uchun mablag‘ ajratish, eksportni kengaytirish uchun korxonalarga xalqaro maqom berish zarurligini ta’kidladi. 

Bir so‘z bilan aytganda, Yurtboshimizning tashrifi davomida hech bir soha yoki yo‘nalish e’tibordan chetda qolmadi. Minglab xayrli amallarga, ezgu g‘oya va tashabbuslarga keng o‘rin bergan ikki kunlik tashrif davomida belgilangan vazifa va topshiriqlar biz deputatlar zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Demak, endi belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash uchun belni mahkam bog‘lab, yurtimiz rivoji uchun jiddiy ishga kirishish lozim.

Baxtiyor JO‘RAYEV,

Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashidagi

O‘zLiDeP  deputatlik guruhi a’zosi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1253
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Турдалиев Бохиржон УзЛиДеП Бешариқ туман Кенгаши депутати2018-05-22 15:13:46

Юртбошимиз қайси бир жойларга қилган ташрифлари ҳеч бир соҳа ёки йўналишлар эътибордан четда қолмаган. Минглаб хайрли амалларга, ва ташаббусларга кенг ўрин берган , ташрифлари давомида белгиланган вазифа ва топшириқлар биз депутатлар зиммасига ҳам катта масъулият юклайди.


Олтинкўл тумани Ижро котиби Б. Тўхтасинов.2018-05-07 12:29:45

Юртбошимизнинг бундай ташрифлари барча Наманган вилояти учун балки бутун Ўзбек халки учун Гурур ва Ифтихор багишлайди.Юрбошимиз доимо сог бўлсин.


Akmal Rustamovich-Sho'rchi tumani O'zlidep faoli2018-05-05 15:17:38

Muhtaram yurtboshimizning viloyatlarga tashrifi,barcha sohalarning jadal suratlarda o'sishiga sabab bo'lmoqda.Ayniqsa,qishloq xo'jaligi sohasiga bo'lgan e'tibori sababli tadbirkorlik yanada rivojlanayapti.Har bir fuqaroning kuchiga-kuch,g'ayratiga-g'ayrat qo'shilmoqda.Biz kabi yoshlar ham O'zbekistonimizning yanada rivojlanishi,gullab-yashnashi uchun o'z hissamizni qo'shamiz.


Akmal Rustamovich-Sho'rchi tumani O'zlidep faoli2018-05-05 15:17:38

Muhtaram yurtboshimizning viloyatlarga tashrifi,barcha sohalarning jadal suratlarda o'sishiga sabab bo'lmoqda.Ayniqsa,qishloq xo'jaligi sohasiga bo'lgan e'tibori sababli tadbirkorlik yanada rivojlanayapti.Har bir fuqaroning kuchiga-kuch,g'ayratiga-g'ayrat qo'shilmoqda.Biz kabi yoshlar ham O'zbekistonimizning yanada rivojlanishi,gullab-yashnashi uchun o'z hissamizni qo'shamiz.


Алишер Шодиев ЎзЛиДеП Каттақўрғон шахар Кенгаши депутати2018-05-05 09:39:08

Юртбошимизнинг ташрифи давомида ҳеч бир соҳа ёки йўналиш эътибордан четда қолмади. Минглаб хайрли амалларга, эзгу ғоя ва ташаббусларга кенг ўрин берган икки кунлик ташриф давомида белгиланган вазифа ва топшириқлар биз депутатлар зиммасига ҳам катта масъулият юклайди.


турдиев асадулло партиянинг Термиз туман Кенгаши2018-05-04 17:18:26

Давлатимиз раҳбарининг мамлакат тақдирига қайғуришига жавобан ҳар бир юртдошимиздан ана шундай фидойилик талаб этилади.Шунга муносиб бўлмоғимиз даркор


Зебинисо Қурбонова 2018-05-04 16:17:34

Давлатимиз рахбарининг ҳар бир вилоятларга бўлаётган ташрифи давомида ҳеч бир соҳа эътибордан четда қолмаяпти. Тадбиркорларимиз сафи янада ошмоқда


У.Мухамедов Сергели туман Халқ депутати 2018-05-04 14:27:05

Юртбошимизнинг вилоятларга ташрифи давомида ҳеч бир соҳа ёки йўналиш эътибордан четда қолмаябти. Минглаб хайрли амалларга, эзгу ғоя ва ташаббусларга кенг ўрин берган Наманган вилоятига икки кунлик ташриф давомида белгиланган вазифа ва топшириқлар биз яни Қувасой шахар Кенгаши партия депутатлари, партия вакиллари зиммасига ҳам катта масъулият юклайди.


Аманов Наркучкар Чориевич Сергели тумани БПТ раиси2018-05-04 14:23:58

Юртбошимизни олиб бораётган сиёсатидан миннатдормиз.


Қашқадарё вилоят Сиёсий таълим маркази раҳбари О. Мовланов2018-05-04 14:10:22

Президентимизнинг ҳар бир вилоятга ташрифлари барчамизга куч-ғайрат, эртанги кунга бўлган ишончнимизни ошириб, ўз соҳамизга бўлган маъсулиятни оширмоқда.


Fikringizni qoldiring

+