O‘zLiDeP deputati ko‘magida “Anjirzor” MFYning 2,5 km yo‘liga shag‘al yotqizildi

07.06.2018, 21:41

O‘zLiDeP deputati ko‘magida “Anjirzor” MFYning  2,5 km yo‘liga shag‘al yotqizildi

Bir necha kun avval Namangan tumaniga O‘zLiDePdan saylangan deputat Sharifjon Davlatov hududdagi “Anjirzor” MFYda o‘z saylovchilari bilan amaliy muloqot tashkil etgan edi. Uchrashuvda hudud ahli tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash  bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan edi.

Uddaburon, ko‘pni ko‘rgan, fidoiy deputatimiz bu ko‘tarilgan muammoni yechimi yuzasidan izlandi va mutassaddi tashkilot rahbarlari oldiga masala nihoyatda jiddiyligini tushuntira oldi. Natijada  mazkur hududda joylashgan “Yoshlik”, “Barkamol”, “Bog‘” kabi 5 ta ko‘chadagi jami 2.5 km ichki yo‘llarga  shag‘al yotqizishga erishildi.

– Mahallamizda yog‘in-sochin kunlarda umuman yurib bo‘lmasdi, hatto ust-boshimizgacha loy bo‘lib ketardi, – deydi Anjirzor MFYda yashovchi Qodirali Yarashev. – Shu masalada o‘zimiz ishonch bildirib saylagan deputatimizga murojaat qilgan edik. Xalqning ishonchli vakili bu masalani izchillik bilan o‘rganib chiqib, mutasaddilarga deputatlik so‘rovi yubordi va muamoga tezda yechim topdi. Ochig‘i, saylovlarda haqiqatdan ham to‘g‘ri qaror qabul qilganimizga yana bir bor amin bo‘ldik.

Ilhomjon QAYuMOV,

O‘zLiDeP Namangan tuman kengashi

apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1370
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Зебо Курбонова2018-06-08 16:56:59

УзЛиДеП депутатлари томонидан амалга оширилайотган ушбу ибратли ишлар халк олдида партиямиз обруси ва нуфузини янада ошишига хизмат килади.


Сергели тумани фаоли Матниязова Гулрух2018-06-08 16:42:32

Партиямиз фаоллари томонидан юртимиз ободлиги учун қилинаётган ишлари тахсинга сазавордир. Обод қилинган йўл орқали ушбу ҳудудда яшовчи аҳоли учун қулайлик яратади. Ушбу ишларда депутатимизга омад тилайман.


С.Иброхимхонов - Тошкент шаҳар Кенгаши.2018-06-08 13:11:17

Партиямиз фаоллари томонидан юртимиз ободлиги учун қилинаётганишлар тасинга сазавор. Обод қилинган йўл орқали ушбу ҳудудда яшовчи аҳоли учун қулайлик яратади. Ушбу ишларда депутатимизга куч-қувват тилаб қоламан.


Навоий вилояти Ч.Раджабов 2018-06-08 08:59:11

Юртимизда халқнинг дарди билан яшаётган депутатларимиз сафи кенгайсин.


Н.Саимова Навоий вилояти2018-06-08 03:59:08

Халкнинг, сайловчиларнинг ишончини оклаб муаммо ва мурожаатлар ечимини ижобий хал этишда фидоий депутатларимиз борлигидан фахрланамиз. Хаклнинг дарди билан ёнадиган бундай халк ноиблари янада масъулиятли бу́лса муаммолар у́з-у́зидан ечим топаверади.


Fikringizni qoldiring

+