Sog‘lom oila – baxtli jamiyat

20.12.2017, 12:13

Sog‘lom oila – baxtli jamiyat

O‘zLiDeP Narpay tuman Kengashi  “Ayollar qanoti” tomonidan tumandagi “Itifoq” oilaviy poliklinikasida “Sog‘lom ona kelajak avlod tarbiyachisi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mamlakatimizda oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, ayniqsa, yosh oilalarning huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tadbirda qayd etilganidek, oila hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan, xalqimizning muqaddas urf-odatlari sayqal topadigan, kelajak avlod kamolotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘idir.

– Afsuski, ayrim ota-onalar ko‘pincha farzandining kelajak taqdiri, baxt-saodati haqida o‘ylamay, hali balog‘at yoshiga yetmagan qizini uzatish yoki qarindoshimning qizi begona bo‘lmasin, deb o‘g‘il uylantirish taraddudiga tushadi,– deydi partiya faoli, tumani Shoxsanam Sobirova. – Buning oqibatida qizlarni o‘n olti, hatto undan kichik yoshda turmushga uzatib yuborish hollari uchrab turadi. Ammo bu ko‘p hollarda bo‘lg‘usi onaning salomatligi va ruhiyatiga, qolaversa, yosh oilaning mustahkamligi, tug‘ilajak farzandning sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

 Tadbirda so‘zga chiqqanlar erta nikohning bo‘lajak onalar va kelajak avlod salomatligiga salbiy ta’siri, oilaviy munosabatlar, oila qurish va ajrim masalalari, oilalar mustahkamligini ta’minlashda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, tibbiy madaniyatni oshirish va yoshlarning nikohga oid tushunchalarini kengaytirish, qarindoshlar o‘rtasidagi va erta nikohlarning oldini olish borasida targ‘ibot ishlarini yanada jadallashtirish lozimligi to‘g‘risida fikrlar bildirishdi.

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    3911
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+