Tadbirkorlik sub’ektlari ikki yilgacha tekshirilmaydi

22.12.2017, 18:00

Tadbirkorlik sub’ektlari ikki yilgacha tekshirilmaydi

Muhtaram Prezidentimizning Parlamentga qilgan murojaatlarida bandlik masalasiga, yangi ishchi o‘rinlari yaratish vazifasiga alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlanganidek, 2017 yil davomida kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 336 mingta yangi ish o‘rini yaratildi. Shu ma’noda 2018 yilda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatiga to‘g‘anoq bo‘ladigan har qanday byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ikki yilgacha ularning moliyaviy faoliyat yuzasidan tekshirishlar o‘tkazilmasligi qat’iy belgilab qo‘yildi.

Biz deputatlar, Prezidentimizning ushbu tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlagan holda tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish, imtiyozlardan foydalanishlari uchun sharoit yaratish, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, litsenziya olish, infratuzilma masalalarini hal etishda faollikni yanada kuchaytiramiz. Ayniqsa, kichik sanoat zonalaridan ularga yer maydonlari ajratish, bo‘sh turgan binolardan foydalanishlari uchun  keng imkoniyatlar yaratishga astoydil harakat qilamiz.

Baxtiyor JURAYEV,

Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2016
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+