Partiya “Ayollar qanoti” nishonlik 25 nafar xotin-qizlarni taqdirladi

03.03.2020, 17:56

Partiya “Ayollar qanoti” nishonlik 25 nafar xotin-qizlarni taqdirladi

Har qanday jamiyatning madaniy darajasi, ma’naviy barkamolligi ko‘p jihatdan ayolga bo‘lgan munosabat bilan belgilanadi. Mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash masalasiga ustuvor vazifa sifatida qaralayotganing boisi ham shunda. Zero, ayol salomatligi - oila sog‘lomligi, jamiyat mustahkamligi va mamlakat barqarorligi kafolatidir.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyati va Nishon tumani Kengashlari “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan tumandagi faol va tashabbuskor ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. “Sharqning guli – o‘zbek ayoli” mavzuida o‘tkazilgan tadbirda Partiya xodimlari, tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman Yoshlar ittifoqi, Kimyogar mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlari, san’atkorlar ishtirok etishdi.

Tadbirda partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini keng targ‘ib qilishda, viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ajdodlarimizning buyuk tarixiy va ma’naviy merosini, betakror qadriyat va urf-odatlarini yoshlar ongiga yetkazishdagi xizmatlari uchun 25 nafar xotin-qiz viloyat Kengashi hamda hamkor tashkilotlarning tashakkurnomasi, faxriy yorlig‘i hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Bayram tadbiri kuy va qo‘shiqlarga ulanib ketdi.

Tadbir yakunida  partiya faollari va homiy tashkilotlar tomonidan Kimyogar mahallasida yashovchi nogironligi bor fuqaro - Temur Rahimovga nogironlik aravachasi topshirildi. Temurning ota-onasi beminnat yordam qilib kelayotgan Kimyogar mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Gulsumxon Xurramova va O‘zLiDeP faollaridan juda minnatdor ekanligini bildirishdi.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    753
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+