“Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasi zimmamizdagi mas’uliyatni ikki karra oshirdi”, deyishmoqda jizzaxlik faollarimiz

15.01.2018, 17:35

“Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasi zimmamizdagi mas’uliyatni ikki karra oshirdi”, deyishmoqda jizzaxlik faollarimiz

O‘zLiDeP Jizzax viloyat, tuman Kengashlarida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiquvchi O‘zLiDePning hududiy Kengashlari oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzusida o‘quv-seminarlar o‘tkazilmoqda. Joylarda tashkil etilayotgan bunday o‘quvlar deputatlar va partiyamiz a’zolarini yanada faollikka undamoqda. Quyida o‘quv-seminarlarda faol ishtirok etayotgan faollarimizning fikr-mulohazalari bilan tanishasiz.

Abdusattor SODIQOV,

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati:

– Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasini diqqat bilan kuzatdim. Ochig‘i, davlatimiz rahbari biz deputatlarga murojaat etib uyg‘onishga, keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda oldingi saflarda bo‘lishimiz kerakligiga da’vat etmoqdalar. Murojaatnomani eshitgach, deputatlik faoliyatimda  hali kamchiliklar ko‘p ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldim.

Murojaatnomada ta’kidlanganidek, yil davomida bildirilgan 136 ta qonunchilik tashabbusidan bor-yo‘g‘i 27 tasi deputatlarga tegishli bo‘lib, ular ham asosan amaldagi qonunlarga Prezident farmon va qarorlaridan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalardir.

Bundan xulosa shuki: bugun biz – deputatlarda tashabbuskorlik va dadillik yetishmayapti. Joylarda mahalliy ijro hokimiyati faoliyati ustidan  nazoratimiz yetarli darajada emas. Aholini qiynayotgan muammolar yechimida deputatlik faoliyati samaradorligini oshirishimiz lozim.

Dilshod XOLMATOV,

O‘zLiDeP  Do‘stlik tuman Kengashi apparat rahbari:

– Bevosita partiyamiz elektorati manfaatlaridan kelib chiqib fikr yuritadigan bo‘lsak, o‘tgan yilda erishgan eng katta yutuqlarimizdan biri –  milliy valyutamizning erkin konvertatsiyasi yo‘lga qo‘yilganidir. Bu esa, o‘z navbatida, yurtimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimining ko‘payishiga, qisqa muddatlarda 161 ta yirik sanoat ob’ekti ishga tushirilishi, natijada 336 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlarini yaratishga imkon berdi. O‘quv-seminarlarda yurtboshimizning Murojaatnomasida qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan taklif-tavsiyalariga, maslahatlariga alohida e’tibor qaratayapmiz.  Darvoqe, davlatimiz rahbari tomonidan 2018 yilga yurtimizda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash” yili, deb nom berilishi partiyamiz faollaridan yanada ko‘proq mas’uliyat va fidoiylikni talab etadi. Ish faoliyatimizda esa eskicha yondashuvlardan voz kechib, innovatsion g‘oya va tashabbuslarga keng o‘rin berishimiz lozim.

O‘zLiDeP Jizzax viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1594
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+