Deputat xalq ishonchini oqlashi kerak

17.01.2018, 17:01

Deputat xalq ishonchini oqlashi kerak

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 12 iyuldagi “Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak” ma’ruzasida siyosiy partiyalar, deputatlar tashabbuskorligini oshirish lozimligiga alohida to‘xtalgan edi.

Bundan tashqari Yurtboshimiz o‘z ma’ruzasida har bir siyosiy partiya o‘z elektorat manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan qonunlar talabini bajarishda hokimlik va boshqa ijro organlari tomonidan olib borilayotgan ishlar ustidan ta’sirchan deputatlik nazorati o‘rnatishi, har bir masala bo‘yicha deputatlar o‘zlarining aniq pozitsiyasini ko‘rsatuvchi asosli taklif va tavsiyalar ishlab chiqishni ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab qo‘ydi.

Qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari o‘tgan 2017 yilda ana shu masalalarga alohida e’tibor qaratib, elektorat manfatlarini himoya qilish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratdilar.

Ayni paytda Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashidagi 22 nafar, tuman (shahar) Kengashlarida 180 nafar O‘zLiDeP deputatlar faoliyat olib bormoqda.

2017 yil davomida ijro hokimiyati idoralari rahbarlari ishtirokida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalariga doir 130 dan ortiq deputatlik so‘rovlari yuborildi. Partiya Saylovoldi platformasi talablari hamda elektorat manfaatidan kelib chiqib, yechimini kutayotgan ayrim muammolar yuzasidan mahalliy kengashlardagi komissiyalarga 14 ta taklif kiritildi. Ularning 8 tasi bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Bundan tashqari mahalliy kengash sessiyalariga jami 29 taklif kiritilib, ular asosan ijro hokimiyati idoralari rahbarlarining muhim masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitish, amaldagi qonunlar, Davlat dasturlari, mahalliy kengashlar tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosini o‘rganishga qaratildi. Ahmiyatlisi bu takliflarning 7 tasi  xalq deputatlari tuman, shahar mahalliy kengashlarida, 1 tasi viloyat kengashi sessiyalarida muhokama etildi.

Masalan, xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi “Urgut erkin iqtisodiy zonasi”da ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish hamda loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi masala  Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashining qirq ikkinchi sessiyasida muhokama qilindi. Sessiya qaroriga muvofiq mutasaddilarga  tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda  “Urgut erkin iqtisodiy zonasi”da tashkil etilayotgan bino va inshootlar uchun kanalizatsiya tarmoqlarini tortish, suv, elektr energiyasi va tabbiy gaz bilan ta’minlash rejasini ishlab chiqish yuklandi hamda “Urgut erkin iqtisodiy zonasi” faoliyatini yaxshilash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Yoki xalq deputatlari Paxtachi tuman kengashining bo‘lib o‘tgan sessiyasida oziq-ovqat xafsizligini ta’minlash, meva-sabzovot, kartoshka va uzum ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklarida   issiqxonalar, kichik parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik xo‘jaliklarini tuzish ishlari tahlil qilinganini misol sifatida keltirish mumkin.

Bundan tashqari partiya deputatlik guruhlari tomonidan hududlarda deputatlarning saylovchilar bilan muloqot hamda uchrashuvlari tashkil etilib kelinmoqda. Bildirilayotgan taklif va murojaatlar natijasida hududlardagi har bir masala chuqur o‘rganilmoqda hamda deputatlik guruhining aniq taklif va tavsiyalarini ishlab chiqib, partiyaviy vositalar asosida mavjud kamchilik va muammolar bartaraf etilmoqda.

Jumaladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish partiya deputatlik guruhlari a’zolari faoliyatida asosiy vazifalardan biri bo‘lib kelmoqda. Ayniqsa, viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib, belgilangan hududiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish hamda oziq-ovqat sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, qayta ishlash tarmog‘ini kengaytirish investitsiya loyihalari hamda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar ijrosi bo‘yicha sohalarga mutasaddi tashkilot rahbarlarining hisobotlari eshitilib, tegishli qarorlar qabul qilinmoqda

Xususan, yil mobaynida deputatlik guruhlari, mahalliy kengash deputatlari tomonidan tegishli tashkilot va mutasaddi rahbarlarga 1208 ta deputatlik so‘rovlari yuborilib, ular asosida chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shuningdek, deputatlik guruhlari tashabbusi bilan 249 ta mansabdor shaxslarning hisoboti eshitldi.

Muxtasar aytganda, bugungi kunda partiya dasturidagi maqsadlarni amalga oshirish va elektorat manfaatlarini ishonchli himoya qilishda xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi deputatlik guruhlari faoliyatini kuchaytirishga katta e’tibor qaratilib, bu boradagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu, o‘z navbatida, mahalliy kengash deputatlik guruhlari joylarda islohotlarni samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan ayrim muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Nodir To‘rayev,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

deputatlik birlashmalari bilan

ishlash bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1121
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+