O‘zLiDeP deputatlari tashabbusi bilan Quvasoy shahar “Arsif” va “Lashkar” MFY aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

14.02.2018, 11:26

O‘zLiDeP deputatlari tashabbusi bilan Quvasoy shahar “Arsif” va “Lashkar” MFY aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari shahardagi “Arsif” va “Lashkar” MFY aholisidan tushgan murojaatlarni o‘rganishgan edi. Deputatlar joylardagi aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha yetarlicha muammolar borligiga guvoh bo‘lishdi. O‘rganishlar yakunlari yuzasidan aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf qilish va muammolarga yechim topish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.   

Kuni kecha o‘tkazilgan Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida aholi punktlarida ichimlik suvi inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish yuzasidan olib borilayotgan ishlar borasida “Suvoqova” davlat unitar korxonasi Quvasoy shahar bo‘limi boshlig‘i D.Ermatov hamda Quvasoy shahar davlat sanitariya epidimologiya nazorati markazi bosh vrachi M.Yusupovning hisobotlari eshitildi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, bugungi kunda korxona tasarrufida 1 ta “Donfing” rusumli fekalavoz, avariya guruhi uchun 1 ta Hyundai avtomashinasi, 1 ta “Samsung” ekskavatori, 1 ta “Isuzu” suv tashish avtomashinasi, 1 ta  yuqori bosimli avtomashina mavjud. Aholiga berilayotgan suvning sifati shahar Davlat sanitariya va epidemologiya nazorat markazidagi bakteriologik laboratoriyasi va viloyat Davlat sanitariya va epidemologiya nazorat markazi sanitariya-gigiyena laboratoriyalarida tekshirib borilmoqda.

Suvoqova davlat unitar korxonasi Quvasoy shahar bo‘lim boshlig‘i o‘z hisobotida Prezidentimizning “2017-2021 yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiyasi tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda moderinizatsiya qilish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan shaharda olib borilayotgan ishlar, xususan “Arsif” va “Lashkar” MFY aholisiga toza ichimlik suvi yetkazib berish borasida qilinayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. 

Yig‘ilishda deputatlar shaharda sanitariya va epidemologiya nazoratini olib borish hamda ichimlik suvi inshootlarini qurish va ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga jiddiy e’tibor qaratish yuzasidan fikr-mulohazalarini  bildirishdi.

                                                                                               Sh.RAHMONQULOV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1644
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+